“UzAuto Motors” kompaniyasi oxirgi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov muddatini uzaytirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kompaniya 25−27 dekabr kunlari “Cobalt”, “Damas” va “Labo” ommabop avtomobillari uchun onlayn kontraktatsiyani amalga oshirdi. Natijada, jami 171 200dan ortiq kontrakt tuzildi.
Mazkur tuzilgan shartnomalar bo‘yicha, avtomobillar narxining 50%ini dastlabki haftada to‘lash zarur edi.
Kompaniya bayram kunlari munosabati bilan bu muddatni 2024-yilning 10-yanvar kunigacha uzaytirdi.
Avvalroq “UzAuto Motors” kompaniyasi shartnomalarni sotib olish borasidagi kelishuvlar bo‘yicha ogohlikka chaqirdi. Bunga ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillar uchun shartnomalar savdosi kuzatilayotgani sabab bo‘lmoqda.
Kompaniya xaridorlar tomonidan “sotuvga” joylanayotgan shartnomalar monitoringini olib bormoqda. Ularning maxsus ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.