“Wildberries” marketpleysi buyurtma bergandan so‘ng darhol buyurtmani bekor qilish tugmasini qo‘shadi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.
Tugma 2024-yil yanvar oyi o‘rtalarida veb-sayt va mobil ilovada mahsulot kartasi yonidagi “yetkazib berish” bo‘limida paydo bo‘ladi, deya xabar beradi kompaniya.
Funksiya “tasodifiy” buyurtmalarni, shu jumladan ortiqcha narsalarni rad etish, shuningdek noto‘g‘ri manzilga yetkazib berishni bekor qilish uchun mo‘ljallangan.
Hozirda xaridorlar buning uchun sales@wildberries.ru elektron pochta manziliga xat yozishi kerak.
Birinchi bosqichda ushbu parametr tovarlarni keyinroq to‘lash orqali sotib olgan mijozlar uchun mavjud bo‘ladi. Kelajakda buyurtmani bekor qilish tugmasi barcha xaridorlar uchun taqdim qilinadi.
Agar tugma yordamida yetkazib berishni bekor qilishning iloji bo‘lmasa, xaridor yetkazib berish joyida tovarni rad qilishi yoki qoidalarga muvofiq qaytarib berishi mumkin.
Oktabr oyidan boshlab marketpleys tasodifiy xaridlardan himoya qilish uchun ilovada buyurtmani tasdiqlashning qo‘shimcha funksiyasini ishga tushirdi. Buning uchun PIN-kod yoki biometrik ma’lumotdan foydalanish mumkin.
Avvalroq “Spot” “Wildberries” O‘zbekiston mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib berish muddatini qisqartirishi haqida yozgandi.