Avvalroq prezident 2024-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi.
Hujjat bilan, kelasi yil uchun mamlakat budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilariga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari belgilangan.
Bunda budjetdan ajratiladigan mablag‘larning umumiy miqdori 255,44 trln so‘mni tashkil etadi.
Mablag‘lar joriy xarajatlar (180,15 trln so‘m), rivojlanish dasturlari (33,2 trln so‘m), obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar (10,82 trln so‘m) va boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Davlat idoralariga mablag‘lar quyidagicha yo‘naltiriladi:
T/r | Davlat idoralari | Ajratiladigan summa, so‘mda |
1 | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi | 46,6 trln |
2 | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi | 6,13 trln |
3 | Sog‘liqni saqlash vazirligi | 4,61 trln |
4 | Madaniyat vazirligi | 1,1 trln |
5 | Yoshlar siyosati va sport vazirligi | 1,8 trln |
6 | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi | 1,79 trln |
7 | Qishloq xo‘jaligi vazirligi | 1,7 trln |
8 | Suv xo‘jaligi vazirligi | 10,4 trln |
9 | Energetika vazirligi | 242,6 mlrd |
10 | Transport vazirligi | 6,18 trln |
11 | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi | 883,16 mlrd |
12 | Tog‘-kon sanoati va geologiy vazirligi | 939,1 mlrd |
13 | Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi | 11,5 mlrd |
14 | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | 11,3 mlrd |
15 | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi | 1,4 trln |
16 | Statistika agentligi | 257,1 mlrd |
17 | Tashqi ishlar vazirligi | 874,5 mlrd |
18 | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi | 1,06 trln |
19 | Raqamli texnologiyalar vazirligi | 313,9 mlrd |
20 | Adliya vazirligi | 239,2 mlrd |
21 | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | 92,1 trln |
22 | Soliq qo‘mitasi | 158,4 mlrd |
23 | Vazirlar Mahkamasi | 2,02 trln |
24 | Prezident Administratsiyasi | 1,6 trln |
25 | Senat | 108,4 mlrd |
26 | Qonunchilik palatasi | 175,8 mlrd |
27 | Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) | 17,9 mlrd |
28 | Bosh Prokuratura | 2,1 trln |
29 | Oliy sud | 1,7 trln |
30 | Konstitutsiyaviy sud | 11,8 mlrd |
31 | Sudyalar oliy kengashi | 46,7 mlrd |
32 | Markaziy saylov komissiyasi | 18,2 mlrd |
33 | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi | 559,9 mlrd |
34 | O‘zbekiston Milliy axborot agentligi | 36,7 mlrd |
35 | Ma’naviyat va ma’rifat markazi | 67,7 mlrd |
36 | Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respulikasi Milliy markazi | 14,7 mlrd |
37 | Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi | 150 mlrd |
38 | Fanlar akademiyasi | 429,9 mlrd |
39 | Badiiy akademiya | 140,3 mlrd |
40 | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi | 30,7 mlrd |
41 | Hisob palatasi | 106 mlrd |
42 | Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi | 635,6 mlrd |
43 | Strategik islohotlar agentligi | 38,7 mlrd |
44 | Bolalar ombudsmani | 2,2 mlrd |
45 | “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi | 733 mln |
46 | Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi | 9,1 mlrd |
47 | Milliy antidoping agentligi | 8,1 mlrd |
48 | Din ishlari bo‘yicha qo‘mita | 42,1 mlrd |
49 | Madaniy meros agentligi | 213,6 mlrd |
50 | Ijtimoiy himoya milliy agentligi | 20,2 trln |
51 | Oliy Majlis huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi | 1,27 trln |
52 | Boshqa tashkilotlar | 44,57 trln |
Subsidiyalar
T/r | Yo‘nalishlar | Ajratiladigan summa, so‘mda |
1 | Davlat xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim muassasalariga subsidiyalar | 3,03 trln |
2 | Talabalar turar joyini barpo etish bo‘yicha loyihalar uchun subsidiyalar | 250 mlrd |
3 | Davlat xususiy sheriklik asosida qurilgan talabalar turar joyida yashagan talabalar uchun davlat sherigiga ajratiladigan subsidiyalar | 100 mlrd |
4 | “Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga ularning amaliyotni o‘tashi davrida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida beriladigan har oylik subsidiyalar | 5 mlrd |
5 | Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun subsidiyalar | 55 mlrd |
6 | Pillani qayta ishlovchi va pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchi korxonalarga pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urug‘i uchun | 56 mlrd |
7 | Yaylov yerlarda shaxtali hamda tik quduqlar hamda nasos stansiyalarini qurish va rekonstruksiyalash xarajatlarining bir qismini qoplashga | 21 mlrd |
8 | Qorako‘lchilik subyektlariga eksport qilingan mahsulotlar uchun | 3 mlrd |
9 | QQS to‘lovchisi bo‘lgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklarining sotilgan mahsulotlari uchun | 200 mlrd |
10 | Import qilingan nasldor qoramoql, qo‘y va echki, ona baliq va jo‘jalarni sotib olishga xarajatlarning bir qismini qoplash uchun | 125 mlrd |
11 | Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi korxonalarini lazerli qurilmaga ega tekislash agregatlari bilan ta’minlashga | 10,7 mlrd |
12 | Boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orishga qayta tilanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalar qiymatining bir qismini qoplashga | 5 mlrd |
13 | Tuproqdagi gumus miqdorini oshirish xarajatlarining bir qismini qoplashga | 88,2 mlrd |
14 | Paxta va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi xarajatini qoplashga subsidiyalar | 150 mlrd |
15 | Aviatashuvchilarga mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun chipta narxining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar | 84 mlrd |
16 | Geologiya qidiruv ishlariga subsidiyalar | 900 mlrd |
17 | Qoraqalpog‘iston va Xorazmda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishturvchilariga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishga jalb qilingan kreditlar foiz to‘lovining bir qismini qoplashga | 60 mlrd |
18 | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining hosilini sug‘urtalash xarajatlarining 50%ini qoplash uchun | 61,5 mlrd |
19 | Qoraqalpog‘istondagi xo‘jaliklar tomonidan nasldor qoramol, qo‘y va echki, ona baliq va jo‘jalarni sotib olish uchun subsidiyalar | 6,5 mlrd |
20 | Milliy seriallar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun respublika miqyosida faoliyat yurituvchi telekanallarga ajratiladigan subsidiyalar | 12 mlrd |
21 | Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishni kengaytirish va yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash hamda subsidiyalar uchun | 150 mlrd |
Bundan tashqari, hujjatda sohalar bo‘yicha xarajatlarni qoplashga ajratiladigan mablag‘lar miqdori ham keltirilgan. Masalan, kelasi yilda OTMlarning magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrajt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplashga 200 mlrd so‘m ajratiladi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilishga taqdim etiladigan mablag‘lar 100 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, tashabbusli budjetlashtirish tadbirlari doirasida 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan jihozlash bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirishga 26,6 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
2024-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun bilan batafsil havola orqali tanishish mumkin.