Avvalroq prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgandi.
Shuningdek, hujjat bilan 2024-yilda soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilangan.
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi va “Chiqindilar to‘g‘risida"gi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bunda pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar o‘z iste’mol xususiyatlarini yo‘qotganidan keyin hosil bo‘ladigan chiqindilarning zararli ta’siridan himoya qilish uchun utilizatsiya yig‘imi belgilandi.
Tamaki mahsulotlariga soliq stavkalari quyidagi miqdorda belgilanadi (so‘mda):
Tamaki mahsulotlari turlari | Import qilinganda | Ishlab chiqilganda |
Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kretek, 1000 dona | 325 ming so‘m (-4,97%) va narxning 10%i | 250 700 so‘m (+12%) va narxning 10%i |
Sigara, 1 donasi | 6 400 (+11,9%) | |
Chilim uchun tamaki, 1kg | 382 ming (+12%) | |
Chekiladigan, o‘rama tamaki, 1kg | 382 ming (+12%) | |
Chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan tamaki, 1kg | 382 ming (+12%) | |
Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, tamakili kapsula va o‘xshash tamoyil asosida tayyorlanadigan boshqa mahsulotlar, 1kg | 382 ming (+12%) | |
Nikotinli tamakisiz snyus, 1kg | 154 ming (+12%) | |
Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik, 1ml | 670 (+10,7%) |
Belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib kirishda ham qo‘llaniladi.
Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlikni uni iste’mol qilish tizimlarida olib kirishda soliq tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik hajmidan kelib chiqib to‘lanadi.
Alkogol ichimliklariga soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Alkogol mahsulotlari turlari | Import qilinganda | Ishlab chiqariladigan | |
2024-yil 1-yanvardan | 2024-yil 1-iyuldan | ||
— Oziq-ovqat xom ashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti; — Rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan texnik etil spirti; — Etil spirtining boshlang‘ich fraksiyasi | 70% | 14 900 so‘m | |
Aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari (aksiz to‘lanadigan tovar tarkibidagi suvsiz etil spirtining 1 litri uchun) | 101 500 so‘m (-4,96%) | 38 ming so‘m | 40 ming so‘m (+5,26%) |
Vino (1 litri uchun) | |||
tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qo‘shilmagan holda) | 28 500 so‘m (-5%) | 1 so‘m | |
boshqa vinolar, shu jumladan vermut | 42 750 so‘m (-5,03%) | 2200 so‘m | 2310 so‘m (+5%) |
Pivo | 50%, biroq 12 200 so‘mdan kam bo‘lmagan 1litri uchun | 1550 so‘m | 1628 so‘m |
Neft masulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Tovarlar va xizmatlar nomi | Amaldagi stavka | 1-apreldan amal qiladigan stavka |
Neft mahsulotlari: | ||
AI-80 va undan yuqori benzin (1 tonnasi uchun) | 303 ming so‘m | 340 ming so‘m |
AI-91 va undan yuqori benzin (1 tonnasi uchun) | 303 ming so‘m | |
aviakerosin, sintetikdan tashqari (1 tonnasi uchun) | 242 ming so‘m | 271 ming so‘m |
dizel yoqilg‘isi (1 tonnasi uchun) | 291 ming so‘m | 326 so‘m |
EKO dizel yoqilg‘isi (1 tonnasi uchun) | 262 ming so‘m | 293 ming so‘m |
dizel yoki karbyurator dvigatellari uchun motor moyi (1 tonnasi uchun) | 412 ming so‘m | 461 ming so‘m |
Yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan mahsulotlar: | ||
AI-80 va undan yuqori benzin (1 litr uchun/1 tonna uchun) | 425 so‘m | 476 so‘m |
565 ming so‘m | 633 ming so‘m | |
AI-91 va undan yuqori (1 litr uchun/1 tonna uchun) | 425 so‘m | |
576 ming so‘m | ||
dizel yoqilg‘isi (1 litr uchun/1 tonna uchun) | 425 so‘m | 476 so‘m |
516 ming so‘m | 578 ming so‘m | |
suyultirilgan gaz (1 litri uchun/1 tonnasi uchun) | 425 so‘m | 476 so‘m |
807 500 so‘m | 904 ming so‘m | |
siqilgan gaz (1 kub metr uchun) | 605 so‘m | 678 so‘m |
Shuningdek, ayrim soliq stavkalari, jumladan, tabiiy gaz (importdan tashqari) va shakar uchun 20%, polietilen granulalar uchun 10% miqdorida o‘zgarishsiz qoladi. Mobil aloqa uchun aksiz solig‘i ham 10% miqdorida qoladi.
Bundan tashqari, aprel oyidan shakarli va gazlagan ichimliklar uchun aksiz solig‘i joriy etiladi. Ularning hajmi ichimliklarning bir litri uchun 500 so‘m, energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar uchun 2 ming so‘m bo‘ladi.
“Spot” mazkur mahsulotlarga aksiz solig‘ining joriy etilishi oqibatlari haqida biznes vakillari fikrlarini taqdim etgandi.
Endilikda o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar ham YaTTlar uchun belgilangan tartibda soliq to‘lashadi. Yangi tartib, fuqarolar faoliyati natijasida olingan daromadlari 100 mln so‘mdan oshganida amal qiladi.
Faoliyat turlari | Bir oylik soliq stavkalari (so‘mda) | |||
Toshkent shahri | Nukus va viloyat markazlari | boshqa shaharlar | boshqa aholi punktlari | |
Chakana savdo: | ||||
oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari | 907 500 so‘m | 726 ming so‘m | 363 ming so‘m | 242 ming so‘m |
— dehqon bozorlarida dehqonchilik mahsulotlari — gazetalar, jurnallar va kitoblar — maishiy xizmatlar — boshqa faoliyat turlari | 302 500 so‘m | 181 500 so‘m | 121 ming so‘m | 60 ming so‘m |
Avtomobilda yuk tashish xizmatlari: | ||||
3 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun | 181 500 so‘m | |||
3 tonnadan ortiq yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun | 275 ming so‘m |
Avvalroq O‘zbekistonda mol-mulk solig‘ining bazaviy to‘lovlariga o‘zgartirishlar kiritilgani ma’lum qilingandi. Xususan, Toshkentda 3 mln so‘m, Nukus shahri va viloyat markazlarida 2 mln so‘m, boshqa shahar va qishloqlar uchun 1,2 mln so‘mni tashkil etadi.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari mamlakat hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda soliq stavkalari belgilandi.
Yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakakatlanish huquqi uchun yig‘im undiriladi.