“Google” 2020- yilda unga qarshi qo‘yilgan da’voni hal qilishga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozadi “ArsTechica” nashri.

Unda kompaniya Chrome brauzeri foydalanuvchilariga “inkognito” rejimida josuslik qilishda ayblangan.

google, jarima

Kelishuv bitimining shartlari hozircha noma’lum va u faqat 2024-yil yanvar oyi oxirigacha taqdim etiladi hamda sud uni fevralda tasdiqlaydi.

Da’vogarlar AQShning telefon tinglash qonuniga tayanib, “Google” ko‘rish tarixini to‘plashini ta’kidladilar.

Ularning aytishicha, kompaniya shaxsiy rejimni yoqqan millionlab foydalanuvchilarga tovon to‘lashi kerak. Bu har bir kishi uchun kamida $5000, jami $5 mlrdni tashkil qiladi.

“Google” da’voni rad etishga urinib, u foydalanuvchilarni ma’lumotlar yig‘ish haqida ogohlantirganini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, ular har safar “inkognito” rejimini ochganlarida, brauzer foydalanuvchi harakatlarini saqlamayotgani, lekin ular tashrif buyurgan saytlarga ko‘rinadigan xabar paydo bo‘lgan.

2023-yil avgust oyida sud kompaniyaning harakatini rad etdi va da’voni ko‘rib chiqishga qaror qildi.


Avvalroq “Spot” “Google” qariyb $400 mln jarima to‘lashi haqida yozgandi.

Bunga kompaniyaning foydalanuvchilar joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni ular rad etganidan keyin ham to‘plaganligi sabab bo‘lgan.