“Microsoft” kompaniyasi “Windows” kompyuterlari uchun sun’iy intellekt yordamchisi “Copilotga” uchun klaviaturalarga maxsus tugma qo‘shadi, deya xabar bermoqda “Bloomberg” nashri.
Yangi tugma pastki qatorda, “Alt” tugmasning o‘ng tomonida joylashgan bo‘ladi (hozir ko‘pgina modellarda zaxira “Windows” kaliti mavjud).
“Bloomberg"ning qayd etishicha, bu 1994-yildan beri “Microsoft” uchun birinchi yirik klaviatura o‘zgarishidir.
Kompaniya hamkorlari kelasi hafta Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan “CES” elektronika ko‘rgazmasi doirasida yangilangan klaviaturaga ega ilk qurilmalarni namoyish etishlari kerak bo‘ladi.
Kelajakda esa “Copilot” tugmasi barcha “Windows” klaviatura ishlab chiqaruvchilari uchun majburiy bo‘ladi.
“Copilot” “OpenAI” kompaniyasining “GPT-4” tili modelida “Microsoft"ning “Premetheus” plagini bilan ishlaydi.
Ilova birinchi marta 2023-yil mart oyida “Microsoft 365” paketining bir qismi sifatida korporativ foydalanuvchilarga taqdim qilingandi.
May oyida “Copilot” Windows 11 uchun yangilanishda paydo bo‘lishi va keng foydalanuvchilarga taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi.
Noyabr oyidan boshlab, “Copilot"dan bir oy oldin yaratilgan sun’iy intellekt chat-boti “Bing Chat” rebrendizatsiya qilindi va xuddi shu nom ostida ishga tushirildi.
Dekabr oyida “Microsoft” Android uchun bepul “Copilot” ilovasini chiqargandi.
Ilova orqali “ChatGPT"ga, “DALL-E” tasvir generatori va elektron pochta xabarnomalari va hujjatlari uchun matn yaratish funksiyalariga ham bepul kirish mumkin.