“LG” kompaniyasi 9-yanvar kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro iste’mol elektronikasi ko‘rgazmasida old yo‘lovchi uchun avtomobil ichidagi ekranni namoyish etadi. Bu haqda “ixbt.com” nashri xabar berdi.
Uning o‘ziga xosligi shundaki, haydovchi yo‘lovchining oldidagi ekranni ko‘ra olmaydi va chalg‘imaydi.
Ushbu yangi displey ko‘rish burchagini boshqarish texnologiyasidan foydalanadi. Shunda oldingi yo‘lovchi videolarni xotirjam tomosha qilishi mumkin, haydovchi esa ko‘rsatilayotgan kontentni ko‘ra olmaydi.
Shuningdek, “LG” yo‘lovchi displeyidan tashqari yana bir qancha yangi mahsulotlarni ham taqdim etadi.
Yangi displey haydovchi va old yo‘lovchiga o‘ta yuqori aniqlikdagi tasvirni taqdim etish uchun eng yangi OLED texnologiyasidan foydalangan holda butun asboblar panelini to‘ldiradi.
Orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar esa kabina shiftidan pastga tushadigan displey taklif qilinadi.