Qozog‘iston xorijliklar uchun turistik soliqni butunlay bekor qildi. Bu haqda mamlakat Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Turistik soliqni bekor qilish bo‘yicha o‘zgartirishlar 2024-yil 9-yanvardan kuchga kiradi.

Ma’lumot uchun avval Qozog‘sitonda oylik hisoblash ko‘rsatkichi 0,2 dan 0,5 gacha 690 tengedan 1726 tengegacha (18,7 ming so‘mdan 46,8 ming so‘mgacha) qat’iy belgilangan stavka mavjud edi.

Xorijiy fuqarolardan mehmonxonada bo‘lgan har bir kun uchun undiriladigan turistik yotoq solig‘i Qozog‘istonda 2022-yil 1-yanvardan ishlay boshlashi kerak edi.

Biroq pandemiyadan keyin turizm bozori tiklanishi uchun uni undirishga moratoriy qo‘yilgan edi.

Natijada 2023-yil yanvar oyidan boshlab yig‘im joriy etildi, mamlakat hududlarida bunday to‘lovning turli stavkalari mehmonxona xonasi narxiga nisbatan foiz sifatida belgilandi.


Avvaalroq “Spot” O‘zbekistonda chet davlat fuqarolariga QQS qaytarish tartibi belgilangani haqida yozgandi.

Unga ko‘ra, 2023-yildan ularga mamlakat hududida ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda to‘langan QQS summasini qisman qaytarish “tax free” tizimi tajriba tariqasida joriy etiladi.

Bunda chet davlat fuqarolariga qaytariladigan QQS summasini hisobga olish va uni qaytarish soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali taqdim etiladi.

QQS summasini qaytarish minimal xarid qiymati kamida 1 mln so‘mni tashkil etganda hamda tovarlar xarid qilingan kundan e’tiboran 3 oy mobaynida amalga oshiriladi.