Toshkent shahri hokimining 2024-yil 4-yanvardagi tegishli qarori bilan poytaxtda chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari narxi oshdi.

Mazkur qaror bilan “Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi” tomonidan Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yangi tarif narxlari belgilandi.

Endilikda Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun yangi tarif kishi boshiga bir oyda 7500 so‘m qilib belgilandi.

chiqindilarni olib ketish, narxlar oshishi, toshkent

Budjet, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga 1 metr kub chiqindi uchun yangi to‘lov miqdori 89 977 so‘mni tashkil qiladi.

Bundan tashqari 1 tonna suyuq va qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun byudjet, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlardan 188 ming 808 so‘m to‘laydi.

Eski narxdagi tarif bo‘yicha aholi uchun chiqindilarni olib chiqib ketish kishi boshiga bir oyda 4500 so‘m, budjet tashkilotlari va korxonalarga 53 986 so‘m edi.

Suyuq va qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun narx budjet hamda xo‘jalik korxonalari uchun 20 174 so‘mni tashkil qilardi.


Bundan oldin Ekologiya vazirligi to‘rtta hududda qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha yagona tariflar joriy etilganini ma’lum qilgandi. Qayd etilishicha, so‘nggi to‘rt yil davomida narxlar o‘zgarmagan.

Viloyat/hudud
Aholi uchun tariflar, so‘mda
Yuridik shaxslar uchun tariflar, so‘mda
Toshkent, viloyati
4400
61 000 (QQS bilan 68 320)
Samarqand shahri va tumani
5000
90 000, QQS bilan
Samarqandning boshqa tumanlarida
4129
59 693, QQS bilan
Farg‘ona viloyati, shaharlar
5000
48 000 (QQS bilan 53 760)
Farg‘ona viloyati, tumanlar
4000
Andijon viloyati
3500
47 500, QQS bilan