Avvalroq davlat rahbari soliq va budjet siyosatidagi o‘zgarishlar munosabati bilan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi.
Hujjat bilan, 2024-yil uchun mol-mulk va yer solig‘ini undirish tartibiga ham qator o‘zgartirishlar kiritildi. Ular jismoniy va yuridik shaxslarga ham ta’sir qiladi.
Xususan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari 12%ga indeksatsiya qilindi.
Mazkur soliq stavkalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar hamda tuman (shahar) xalq deputatlari kengashlari tomonidan kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsientlar qo‘llaniladi. Kengashlar har yili 10-yanvargacha soliq organlariga taqdim etishlari kerak.
Yuridik shaxslarga 1 gektar uchun soliq stavkalari quyidagicha o‘zgartirildi:
Hududlar | Bazaviy stavka (mln so‘m) | |
2024-yilgacha | 2024-yildan | |
Toshkent shahri | ||
1 zona | 242 | 271 |
2 zona | 193 | 216 |
3 zona | 149 | 167 |
4 zona | 99 | 111 |
5 zona | 50 | 56 |
Qoraqalpog‘iston | 31 | 35 |
Andijon viloyati | 39 | 44 |
Buxoro viloyati | 32 | 36 |
Jizzax viloyati | 32 | 36 |
Qashqadaryo viloyati | 32 | 36 |
Navoiy viloyati | 32 | 36 |
Namangan viloyati | 39 | 44 |
Samarqand viloyati | 39 | 44 |
Surxondaryo viloyati | 29 | 32 |
Sirdaryo viloyati | 24 | 27 |
Toshkent viloyati | 33 | 37 |
Farg‘ona viloyati | 33 | 37 |
Xorazm viloyati | 32 | 36 |
Jismoniy shaxslar uchun 1 kv.m uchun asosiy soliq stavkalari:
№ | Hududlar | Jismoniy shaxslar uchun soliqlar (so‘mda) | |
2024-yilgacha | 2024-yildan | ||
1 | Toshkent shahri: | ||
1 zona | 1408 | 1577 | |
2 zona | 1194 | 1337 | |
3 zona | 979 | 1096 | |
4 zona | 770 | 862 | |
5 zona | 550 | 616 | |
2 | Qoraqalpog‘iston | 286 | 320 |
3 | Andijon viloyati | 352 | 394 |
4 | Buxoro viloyati | 286 | 320 |
5 | Jizzax viloyati | 286 | 320 |
6 | Qashqadaryo viloyati | 286 | 320 |
7 | Navoiy viloyati | 286 | 320 |
8 | Namangan viloyati | 352 | 394 |
9 | Samarqand viloyati | 352 | 394 |
10 | Surxondaryo viloyati | 268 | 300 |
11 | Sirdaryo viloyati | 226 | 253 |
12 | Toshkent viloyati | 297 | 333 |
13 | Farg‘ona viloyati | 297 | 333 |
14 | Xorazm viloyati | 286 | 320 |
Ko‘p qavatli uylar ostidagi yer uchastkalaridan tashqari, turar-joy mulkdorlariga notijorat maqsadlarda doimiy foydalanish huquqida berilgan bo‘lsa, ularga tutash uchastkalar yer solig‘iga tortilmaydi.
Avvalroq mazkur hujjat bilan 2024-yilda soliq siyosatida qanday o‘zgarishlar belgilangani haqida ma’lum qilingandi. Xususan, tamaki, alkogol va benzin mahsulotlari uchun soliq stavkalarining yangi miqdorlari belgilandi.