Amerikaning “Perplexity” kompaniyasi “Google"ga raqobatchi bo‘lgan yangi qidiruv tizimi ishga tushirdi, deya xabar bermoqda “The Wall Street Journal” nashri.

Perplexity” taqdim qilgan ma’lumotlar manbalarga havolalarni emas, balki batafsil matnli javoblarni ko‘rsatadi. Biroq ko‘rsatilgan havolalarni ham ochish mumkin.

Qidiruv tizimi “ChatGPT” va “Copilot” sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan bo‘lib, foydalanuvchilar uni xuddi chat-bot sifatida ishlatishadi.

Loyiha mualliflari ushbu yangilikni javoblar vositasi deb ta’riflashdi, negaki, tizimdan istalgan narsani har qanday tarzda so‘rash mumkin.

Bu esa foydalanuvchilarga u bilan muloqotga kirishish, savollarni o‘zlariga qulay tarzda yo‘llash imkonini beradi.

“Agar siz kimningdir savoliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bera olarkansiz, o‘nlab ko‘k havolalar hech kimga kerak bo‘lmaydi”, — dedi “Perplexity” kompaniyasi bosh direktori Aravind Shrinivas The Wall Street Journalga bergan intervyusida.

Qiymati $520 mlnga teng ushbu startap “Amazon” kompaniyasi rahbari Jeff Bezosning e’tiboriga tushdi.

“Perplexity” “IVP” boshchiligidagi moliyalashtirish bosqichida Jeff Bezos va bir nechta investorlardan $73,6 mln sarmoya yig‘di.


Avvalroq “Spot” “Google” “Bard” chat-botining pullik versiyasini taqdim qilishi haqida yozdi

Chat-botning yangi versiyasi Bard Advanced deb nomlanib, Google One obunasining bir qismi sifatida taqdim etiladi.