Joriy yilning 15-yanvaridan Buxoro viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar joriy etiladi. Bu haqda “O‘zsuvta'minot” matbuot xizmati xabar berdi.
Xizmat turi | Ichimlik suvi (1m3) | Oqova suv (1m3) | ||
Amaldagi tarif | Yangi tarif | Amaldagi tarif | Yangi tarif | |
Aholi uchun | 2400 so‘m | 3100 so‘m | 1800 so‘m | 2800 so‘m |
Budjet tashkilotlari uchun | 3800 so‘m | 7000 so‘m | 2600 so‘m | 4800 so‘m |
Ulgurji iste’molchilar uchun | 3800 so‘m | 7000 so‘m | 2600 so‘m | 4800 so‘m |
Bunda, aholi uchun ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari bo‘yicha tariflar QQSsiz undiriladi.
Shunigdek, “Damxo‘ja suv ta’minoti” orqali ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha 1 metr kub, aholi va suv ta’minoti korxonalari uchun 650 so‘m (suv ta’minoti korxonalari orqali), boshqa yuridik iste’molchilar uchun 1500 so‘m qilib belgilanmoqda.
15-yanvardan Qoraqalpog‘istonda ichimlik va oqova suv narxlari oshirilishi haqida xabar berilgandi.
Unga ko‘ra aholi uchun ichimlik suvi narxi 2900 so‘mga, budjet tashkilotlari hamda ulgurji iste’molchilar uchun 6383 so‘mga oshirilmoqda.
2023-yildan mamlakatning boshqa hududlarida ham chimlik va oqova suvi xizmatlari tarifiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Xususan, o‘tgan yilning 1-avgustidan Surxondaryo viloyatida narxlarning yangi tarifi joriy etildi. 20-avgustdan Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun narxlar oshirildi.
Shuningdek, Xorazm, Samarqand hamda Farg‘ona viloyatlarida ham ichimlik va oqova suv xizmatlari narxiga yangi tariflar belgilandi. 9-dekabrdan Toshkent shahrida, 15-dekabrdan esa Sirdaryo viloyatida ichimlik va oqova suv narxining yangi tariflari joriy qilindi.