Kanadaning “Arton Capital” konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan “Pasport Index” xalqaro pasport mustahkamligi reytingida O‘zbekiston 96 davlat orasida 70-o‘rinni egalladi.

Reytingni tuzishda kompaniya pasportlarni ularning egalari qancha davlatga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda viza olish orqali nechta mamlakatga bora olishiga qarab baholagan.

O‘zbekiston fuqarolari 24 ta davlatga vizasiz borishlari, 45 ta davlatga borganda viza rasmiylashtirish kerak bo‘ladi, ikki davlat uchun esa mamlakatga kutilayotgan kelish vaqti talab qilinadi. 125 ta davlatga tashrif buyurish uchun umumiy belgilangan tartibda kirish vizasi talab qilinadi.

Shunday qilib, olti oydan ortiq vaqt ichida O‘zbekiston pasporti dunyo reytingida 73 davlat ko‘rsatkichi bilan bir pog‘onaga ko‘tarildi.

Dunyodagi eng kuchli pasport egalari Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari bo‘ldi. Ular uchun 132 ta davlatda vizasiz rejim mavjud, yana 48 ta davlatga kelganida vizani olish mumkin.

Suriya oxirgi o‘rinda — 9 davlat o‘z fuqarolariga vizasiz sayohat qilishni taklif qiladi, yana 31 davlatda esa viza yetib kelganida beriladi.

MDH mintaqasida Ukraina yetakchi bo‘ldi — 149 mamlakat ko‘rsatkichi bilan 18-o‘rin: 99 — vizasiz rejimda, 50 — kelish vizasi bilan. Hamdo‘stlikdagi eng zaif pasport Turkmanistonda (79-o‘rin; indeks — 63).

“Henley & Partners” passport Index reytingiga ko‘ra, 2023-yilning uchinchi choragida O‘zbekiston 78-o‘rinni egallagan. Fuqarolar 59 ta davlatga vizasiz yoki yetib kelgandan so‘ng vizasiz borishlari mumkin edi.


Avvalroq “Spot” Eron O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rejimini bekor qilgani haqida yozgandi.

Mamlakat hukumati 32ta davlat fuqarolari uchun viza tartibini bir tomonlama bekor qilishni tasdiqladi.