Avvalroq davlat rahbari soliq va budjet siyosatidagi o‘zgarishlar munosabati bilan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi.
2024-yil uchun mol-mulk solig‘ini undirish tartibiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkasi hozirgi daraja — 1,5% miqdorida saqlanib qolindi.
Shu bilan birga, yuridik shaxslarga tegishli obyektlarning soliq solinadigan bazasi 2024-yil uchun tasdiqlangan 1 kv.metr uchun eng kam bazadan past bo‘lishi mumkin emas. To‘lovlar hududlarga qarab quyidagicha:
- Toshkent shahrida — 3 mln so‘m;
- Nukus va viloyat markazlarida — 2 mln so‘m;
- boshqa shaharlar va qishloq joylarda — 1,2 mln so‘m.
Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan mulk bo‘yicha soliq stavkalari quyidagicha belgilandi:
T/r | Soliq solish obyektlari | Soliq stavkalari (foizlarda) | |
oldingi | joriy | ||
1 | Turar-joy va kvartiralar, dala hovli (umumiy maydoni 200 kv.m gacha), ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, boshqa imoratlar, binolar va inshootlar | 0,28 | 0,31 |
2 | Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni | ||
200 kv.metrdan 500 kv.metrgacha bo‘lgan | 0,37 | 0,41 | |
500 kv.metrdan ortiq bo‘lgan | 0,49 | 0,55 | |
3 | Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.metrdan ortiq uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari | 0,37 | 0,41 |
4 | Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki YaTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, tadbirkorlik yoki daromadlar olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari | 1,5 | 1,5 |
Jismoniy shaxslarga tegishli, tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan, yuridik shaxsga yoki YaTTga ijaraga berilgan obyektlar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati yoki daromad olish uchun mo‘ljallangan noturarjoy ko‘chmas mulk yuridik shaxslar uchun soliq solinadigan bazani hisoblash tartibiga muvofiq soliqqa tortiladi.
Soliq to‘lovchilar ko‘chmas mulkning 1 kv.metr qiymati belgilangan minimal hajmdan past bo‘lgan taqdirda, ko‘chmas mulk qiymatini baholash uchun mustaqil baholovchini jalb qilishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, so‘nggi 2 yil davomida ko‘chmas mulkni baholash natijalarini ham taqdim etishlari mumkin.
Avvalroq 2024-yilda ijara to‘lovlarining minimal stavkalari qanday bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Belgilangan o‘zgarishlar binolar va avtomobilni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortishda qo‘llaniladi.