Saudiya Arabistoni bozor talabining pastligi fonida barcha mintaqalar, jumladan, Osiyodagi xaridorlarga fevral oyida neft yetkazib berish narxini pasaytirishga qaror qildi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Saudi Aramco” davlat kompaniyasi Osiyoga yetkazib beriladigan asosiy “Arab Light” brendi uchun neft narxini bir barrel uchun $1,5−2ga pasaytirdi.

Shuningdek, shimoli-g‘arbiy Yevropa, O‘rta Yer dengizi va Shimoliy Amerikaga fevral oyi uchun yetkazib berish narxlarini pasaytirdi.

“Neft iste’moli odatda fevral va mart oylarida kamayadi. Qayta ishlash zavodlari bu muddatdan ba’zi zavodlarni texnik xizmat ko‘rsatish uchun yopish uchun foydalanadi”, — deyiladi hisobotda.

Saudiya Arabistonining dushanba kuni narxlarni pasaytirish qarori “Brent” narxining 1%dan oshib, bir barrel uchun $77,7gacha pasayishi bilan bog‘liq.

Rossiyaning 2024 yilgi budjetida “Urals” neftining o‘rtacha narxi bir barrel uchun $71ni tashkil etadi. Dekabr oyi o‘rtalarida rus navining “Brent"ga chegirmasi bir barrel uchun $20−22gacha oshdi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirishda davom etishi haqida xabar berilgandi.

Mamlakat joriy yilning dekabr oyida neft qazib olishni ixtiyoriy ravishda kuniga 1 mln barrelga qisqartirishni rejalashtirmoqda.


Avvalroq “Spot” OPEK+ 2024-yilning birinchi choragida neft qazib olishni qisqartirishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, tashkilotga a’zo davlatlar neft qazib olishni kuniga 2,2 mln barrelga kamaytiradi. Qisqartirishlarning asosiy qismi Saudiya Arabistoni va Rossiya tomonidan amalga oshiriladi.