Video o‘yinlar uchun dasturiy ta’minot provayderi bo‘lgan “Unity” kompaniyasi o‘z xodimlari orasida 1800 ta ish joyini qisqartirmoqda, deya xabar bermoqda “Reuters” nashri.

Qayd etilishicha, qisqartirishlar kompaniya xodimlari umumiy sonining 25%iga ta’sir qiladi.

Ishdan bo‘shatishlar San-Fransiskoda joylashgan kompaniya tarixidagi eng yirik bo‘lib, mart oyi oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda, dedi kompaniya rasmiylari.

Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasiga taqdim etgan arizada kompaniya qisqartirishlarni asosiy biznesini qayta qurish va yo‘naltirish va o‘zini uzoq muddatli, foydali o‘sishni maqsad qilgani uchun amalga oshirayotganini aytdi.

“Bugun, 2023-yil 9-noyabrdagi aksiyadorlarga yozgan xatimizda tasvirlangan kompaniyamizni qayta tiklashning bir qismi sifatida biz „Unity“ barcha jamoalardagi umumiy xodimlar sonining taxminan 25%iga ta’sir qiladigan ishchi kuchini qisqartirish bo‘yicha qiyin qaror qabul qilganini e’lon qildik”, — dedi kompaniyaning aloqalar bo‘yicha direktori Kelli Akins.

Bu qaror osonlikcha qabul qilinmadi va biz ularga fidoyiliklari va qo‘shgan hissalari uchun chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz, deya qo‘shimcha qiladi Akins.

“Unity” o‘tgan yil davomida bir necha marta ishdan bo‘shatishlarni amalga oshirgan bo‘lib, bu oxirgi marta o‘tgan yilning noyabr oyida 265 ishchiga ta’sir ko‘rsatdi.


Avvalroq “Spot” “Duolingo” ilovasi tarjimonlarni ishdan bo‘shatayotgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, kompaniya tarjimon xodimlar o‘rniga sun’iy intellektdan foydalanishni boshlagan