O‘zbekistonga birinchi chiqindi tashuvchi elektromobil olib kelindi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Elektromobil Xitoyning “Chengdu Shiny Technology” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Eco House” chiqindi klasteri tomonidan keltirildi.

Vazir Aziz Abduhakimovning qayd etishicha, elektrotexnika vositasi atmosferaga zaharli tashlamalar chiqarmaydi, ekologiyaga zararsiz.

“O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlikdan mamnunmiz va kelajakda chiqindi tashiydigan elektromobillarni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz”, — dedi Xitoy kompaniyasi mutaxassisi Vey Go.

Elektromobil dastlab Jizzax viloyatida sinovdan o‘tkaziladi. U tor ko‘chalarda ham yurishga mo‘ljallangan va 3 tonnagacha yukni ko‘tarish quvvatiga ega.

Mashina to‘liq quvvatda 300 kilometr masofani bosib o‘tadi. Bu orqali kun davomida aholi yashash punktlaridan chiqindilarni olib, maxsus poligonlarga tashish mumkin.

Avvalroq chiqindilarni boshqarish tizimini yaxshilash va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha prezident farmoni qabul qilindi.

1-apreldan ko‘chmas mulk hamda avtotransportlar bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlashda qarzdorlik mavjudligi Yagona elektron tizim orqali onlayn tekshirilib, qarzdorlik bartaraf etilgach notaril harakat amalga oshiriladi.

2024−2026-yillarda birinchi bosqichda dastur Toshkent, Angren, Andijon, Buxoro va Termiz shaharlari hamda Toshkent tumanini qamrab oladi va ko‘p qavatli uylarning chiqindi yig‘ish maydonlarida tashkil etiladi.