Jahon banki O‘zbekistonda joriy va kelgusi yil uchun iqtisodiy o‘sish prognozini yomonlashtirdi. Bu haqda xalqaro tashkilotning yanvar oyidagi jahon iqtisodiyoti istiqbollari haqidagi hisobotida keltirilgan.
Tahlilchilar joriy yil oxiriga kelib jahon yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlari so‘nggi 30 yildagi eng past ko‘rsatkich — taxminan 2,4%ni tashkil etishini kutmoqda. Global retsessiya xavfi kamayganiga qaramay, ortib borayotgan geosiyosiy keskinliklar jahon iqtisodiyotiga tahdid solishi mumkin.
Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar uchun o‘rta muddatli istiqbolning yomonlashishi aksariyat yirik iqtisodiyotlarda o‘sish sur’atlarining sekinlashishi, global savdodagi turg‘unlik va kredit shartlarining keskinlashuvi bilan bog‘liq.
“2024-yilda global savdo o‘sishi pandemiyadan oldingi 10 yillikning o‘rtacha yarmini tashkil etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, global foiz stavkalari qirq yillik eng yuqori ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda rivojlanayotgan, ayniqsa kredit reytingi past bo‘lgan mamlakatlar uchun qarz olish xarajatlari yuqoriligicha qolishi mumkin”, — deb yozadi Jahon banki.
O‘tgan yili Yevropa va Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish 2,7%ni tashkil etdi, bu ichki talabning kengayishi, kuchli mehnat bozori hamda Rossiya va Ukrainadagi o‘sishning yangilanishi hisobiga ta’minlandi. Agar oxirgi ikki davlat va Turkiya hisobga olinmasa, o‘sish sur’ati 1,8%ga tushadi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashishi Markaziy Osiyodan tashqari mintaqadagi barcha mamlakatlarga ta’sir qildi.
Mintaqadagi energiya va oziq-ovqat narxlarining pasayishi tufayli inflyatsiya ko‘plab mamlakatlarda maqsadli ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lib qolsa-da, sekinlashmoqda. Jahon bankining fikricha, iqtisodiy faollikning sustlashishi va inflyatsiyaning pasayishi fonida markaziy banklar foiz stavkalarini pasaytirishga o‘tadi.
Energiya va oziq-ovqat narxlarining pasayishi tufayli mintaqada umumiy inflyatsiyaning o‘sishi sekinlashmoqda, shu bilan birga ko‘pgina mamlakatlarda maqsadli ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lib qolmoqda. Jahon banki iqtisodiy faollikning sustlashishi va inflyatsiyaning pasayishi fonida markaziy banklar foiz stavkalarini pasaytirishga o‘tishini qayd etgan.
Jahon banki O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining keyingi ikki yildagi o‘sishi prognozini 5,5%gacha pasaytirdi. Oktabr oyida bank mahalliy iqtisodiyotning o‘sishini kutgandi.
2024-yilda Yevropa va Markaziy Osiyoda (Rossiya va Ukrainadan tashqari) o‘sish 3,1%ga, 2025-yilda esa 3,7%gacha tezlashadi. Tahlilchilar mintaqa mamlakatlarida pul-kredit siyosati yumshatilishini va fiskal konsolidatsiyani bashorat qilmoqda.
Jahon banki tavakkalchilik sifatida Yaqin Sharqdagi mojaroning kuchayishi energiya narxining oshishiga, moliyalashtirish shartlarining qattiqlashishiga olib kelishi va ishonch darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Xitoyda iqtisodiy o‘sishning sezilarli darajada pasayishi yoki Rossiyadan pul o‘tkazmalarining keskin qisqarishi Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bundan tashqari, yuqori inflyatsiya qattiq pul-kredit siyosatini uzoqroq davom ettirishga majbur qilishi va yevrozonadagi iqtisodiy tiklanishning sekinligi mintaqadagi faollikka ta’sir qilishi mumkin.
Avvalroq “Standard & Poor’s” reyting agentligi yaqin bir necha yil ichida O‘zbekiston bank sohasida raqobat kuchayishini kutmayotgani ma’lum qilingandi.