11-yanvar kuni bitkoin kursi 2022-yil aprelidan beri birinchi marta $47 mingdan oshdi.

Toshkent vaqti bilan soat 17:39 holatiga ko‘ra kriptovalyuta narxi $47,2 mingni tashkil etmoqda.

bitkoin

Avvalroq noyabr oyi boshida “Bitkoin” narxi Coindesk birjasida $36 mingdan ortiqni tashkil qilgandi.

Keyin 4-dekabr kuni bitkoin kursi 2023-yil hisobidan birinchi marta $40 mingdan oshdi.

Kriptovalyutaning narxi oxirgi marta 2022-yil 6-mayda bu chegaradan oshib ketgandi.

Joriy yil 10-aprel kungi savdolarda Bitkoin narxi qarib 7%ga oshib, $30,2 mingni tashkil etdi.

Bitkoin narxi yanvar oyidan buyon $13,5mingga qimmatladi. Ammo o‘tgan yilning mos davriga nisbatan $20mingga arzon.

Kriptovalyuta narxi 2021-yil avgustida, $50mingdan, sentabrida $51mingdan, oktabrida esa $64 mingdan oshgandi. Bitkoin 3,06% ga ko‘tarilib, $64 033ni tashkil qilgandi.

Bozor qiymati bo‘yicha eng yirik token bo‘lgan bitkoin narxi 2022-yil noyabr oyida 17%ga tushib, $17,1mingni tashkil etgandi.