E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.


“Spot” O‘zbekiston banklarida milliy valyutadagi oflayn va onlayn omonatlar qanday o‘zgarganini o‘rgandi.

Hozirda mavjud 35 ta bankdan 27 tasida milliy valyutada omonatlarni joylashtirish mumkin bo‘lib, ular olti oydan uch yilgacha saqlanadi.

Bankning mobil ilovasi orqali omonat ochishda foiz stavkasi 1−2% yuqori bo‘ladi. Ba’zi banklar onlayn va oflayn depozitlar uchun bir xil stavkalarga ega.

Maqola chop etilgan vaqtda onlayn omonatlarning eng yuqori stavkasini (27%) “TBC Bank” 24 va 18 oyga, (26%) “Davrbank” 13 oyga, “Kapitalbank” 25 oyga, “Ziraat Bank Uzbekistan” 24 oyga joylashtirish bilan taklif qilmoqda.

Omonat ochishda talab etiladigan minimal summa miqdori uning turiga qarab farqlanadi. Masalan, aksariyat banklarda onlayn depozit qo‘yishning minimal miqdori 500 ming, oflaynda esa 1 mln so‘mni tashkil qiladi.

Ro‘yxat foiz stavkalarining yuqoriligi tartibida tuzilgan. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlari va call-markazlaridan olindi.

Bank nomiFoiz stavkasi
Minimal summa
Muddati (oy)
Rasmiylashtirish
To‘ldirish/qisman yechib olish
TBC Bank
27%
100 ming so‘m
18
onlayn-/-
24
26,5%
13
Davrbank*
26%
1 mln so‘m
13
onlayn/oflayn
+/-
Kapitalbank
26%
1 mln so‘m
25
onlayn/oflayn
-/-
Ziraat Bank Uzbekistan*
26%
3 mln so‘m
24
oflayn
+/-
Anorbank
25%
1 mln so‘m
24
onlayn
+/+
Garant Bank*
25%
1 mln so‘m
18
oflayn
+/-
Madad Invest Bank
24%
1 mln so‘m
13
oflayn
-/-
Asia Alliance Bank
24%
1 mln so‘m
24
onlayn
-/-
23%
10 mln so‘m
24
oflayn
-/-
Hamkorbank
24%
500 ming so‘m
18
onlayn
+/-
23%
1 mln so‘m
24
oflayn
Asakabank
24%
100 ming so‘m
24
onlayn
+/-
22%
oflayn
Turonbank
23,5%
100 ming so‘m
18
onlayn
+/+
22%
1 mln so‘m
oflayn
+/-
Tenge Bank
23%
100 mln so‘m
13
onlayn/oflayn
+/+
Trastbank
23%
500 ming so‘m
24
onlayn/oflayn
+/+
Aloqabank
23%
100 ming so‘m
24
onlayn
+/+
22%
1 mln so‘m
12
oflayn
+/-
Agrobank
23%
500 ming so‘m
13
onlayn
-/-
22%
oflayn
Mikrokreditbank
23%
100 ming so‘m
24
onlayn
+/-
22%
oflayn
Universalbank
23%
100 ming so‘m
13
onlayn
+/-
Octobank
23%
500 ming so‘m
36
onlayn
-/-
21,5%
oflayn
Xalq banki
23%
100 ming so‘m
24
onlayn
-/-/
20%
1 mln so‘m
18
oflayn
+/-
InfinBank
22%
1 mln so‘m
18
onlayn/oflayn
+/+
O‘zmilliybank
22%
500 ming so‘m
6
onlayn
+/-
21%
oflayn
Ipotekabank**
22%
100 ming so‘m
24
onlayn
+/-
20%
500 ming so‘m
12
oflayn
-/-
Ipak yo‘li banki
22%
1 mln so‘m
24
onlayn
-/-
Biznesni rivojlantirish banki
21%
1 mln so‘m
6
onlayn
-/-
7
oflayn
+/-
O‘zsanoatqurilishbank
21%
500 ming so‘m

13
onlayn
+/-
20%
oflayn
Poytaxtbank***
17%
5 mln so‘m
36
onlayn
+/-
1 mln so‘m
36
oflayn
-/-
Orient Finans Bank
16%
10 mln so‘m
10
onlayn
-/-
15%
oflayn

*Birinchi olti oy davomida omonatni to‘ldirish imkoniyati mavjud.
**Oflayn rejimda uch oygacha qo‘shimcha mablag‘ kiritish mumkin.
***Onlayn depozitdan yechib olishda qoldiq kamida 5 mln so‘m bo‘lishi kerak.