USB-C porti Yevropa Ittifoqidagi barcha elektron qurilmalar uchun yagona standart etib belgilandi. Bu haqda ittifoqning “X"dagi (sobiq Twitter) sahifasida e’lon qilindi.
Yevropa Komissiyasi USB-C porti Yevropa Ittifoqidagi barcha elektron qurilmalar uchun yangi standartga aylanganini tasdiqlovchi hujjatni e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab Yevropa Ittifoqida sotiladigan barcha zaryadlovchi qurilmalar USB-C porti bilan jihozlanishi kerak.
Vaziyat nafaqat smartfonlar, planshetlar va noutbuklar, balki elektron kitoblar, raqamli kameralar, quloqchinlar, portativ qurilmalar va navigatsiya tizimlariga ham taalluqli hisoblanadi.
2021-yil sentabr oyida Yevropa Komissiyasi USB-C-ni smartfonlar va boshqa qurilmalar uchun yagona zaryadlash portiga aylantirishni taklif qildi.
Mazkur jarayonlar yakunlanib, Yevropa Ittifoqida 2024-yildan USB-C porti elektron qurilmalar uchun yagona standartga aylandi.
Bundan asosiy maqsad: tabiatga kamroq elektron chiqindilar chiqarishdir. Shu bilan birga USB-C porti universal va zamonaviy hisoblanadi. Bu siz zarur holatda o‘zingiz uchun kerakli quvvatlagichni topishni osonlashtiradi.
“Apple “iPhone 15'da ilk bor odatiy Lightning tuynugi o‘rnida Android smartfonlariniki kabi USB Type-C porti paydo bo‘lishi haqida xabar bergandi.