Niderlandiya venchur fondi O‘zbekistondagi startaplarga investitsiya kiritmoqchi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.
Texnopark “DOMiNO Ventures” kompaniyasi bilan anglashuv memorandumini imzoladi. Memorandum doirasida tomonlar O‘zbekistonning innovatsion ekotizimini o‘rganadi.
Jamg‘arma 2024-yilda 5ta texnologik startapga sarmoya kiritish va ularni faol qo‘llab-quvvatlash, xalqaro bozorlarga chiqishga yordam berishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, startaplar uchun loyihani rivojlantirish bo‘yicha turli dasturlarni tashkil etish belgilangan
Qayd etilishicha, hamkorlik O‘zbekistonda texnologiya soha o‘sishi va muvaffaqiyatini oshirish, startaplar uchun yangi imkoniyatlar ochish hamda innovatsiyalar, tadbirkorlik va venchur moliyalashtirish sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
“DOMiNO Ventures” fondi dunyoning 8 mamlakatida faoliyat yuritadi. Kompaniyaning operatsion jamoasi Istanbulda joylashgan bo‘lib, 50dan ortiq global va mahalliy hamkorlariga ega.
Avvalroq Ozarbayjonning “Azericard” kompaniyasi startap ekotizimini rivojlantirishga yordam berishi ma’lum qilingandi. Tomonlar venchur loyihalar bozorini kengaytirmoqchi.