Markaziy bank Qozog‘istonning “Yevroosiyo Banki"ga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar bermoqda.

Markaziy bank boshqaruvi Toshkent shahrida “Yevroosiyo Banki” aksiyadorlik jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

2022-yilning dekabrida Qozog‘iston banki O‘zbekistonda sho‘ba korxonasini ochishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi. 2023-yilning mayida Yevroosiyo banki O‘zbekistonda sho‘ba korxonasini ochish uchun dastlabki ruxsatni olgani xabar berildi.

Yevroosiyo banki” 1994-yili tashkil etilgan bo‘lib, bosh ofisi Olmaotada joylashgan. Bank ustav kapitali 61,1 mlrd tengeni tashkil etadi.