Sirdaryo yoshlar texnoparki stipendiyasi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar uch bosqichdan o‘tishlari kerak. Birinchi bosqich doirasida 15-yanvargacha platformadan ro‘yxatdan o‘tib, g‘oyalarning qisqacha mazmunini yozish zarur.
Ikkinchi bosqichda 17-yanvargacha platformada tanqidiy fikrlash test topshiriqlarini bajarish zarur. Shuningdek, oxirgi bosqichni 19-yanvargacha amalga oshirish belgilangan.
Bu bosqichda g‘oyalar taqdimotini platformaga yuklab, texnoparkga tashrif buyurgan holda komissiya a’zolari qarshisida himoya qilish kerak.
Stipendiya “Inno X” inkubatsiya dasturida ishtirok etadigan 25 nafar ishtirokchiga 3 oy davomida har oy to‘lab boriladi. Oylik stipendiya miqdori BHMning 0.5 barobarini (170 ning so‘m) tashkil etadi.
Quyidagilardan bepul foydalanish imkoniyati beriladi:
- co-working maydoni;
- mentor;
- konsalting xizmatlari;
- bepul biznes ta’lim va kasbiy treninglar, seminarlar va forumlarda qatnashish;
- loyihalarni xalqaro grantlarga yo‘naltirish;
- biznes va marketing rejalar tuzishga yordamlashish.
Kurs yakunida shakllangan innovatsion loyiha 10 mln so‘m bilan rag‘batlantiriladi.
Stipendiya dasturiga havola orqali ariza jo‘natish mumkin.
Batafsil ma’lumotlarni 90 863 14 04 va 90 110 48 09 raqamlaridan olish mumkin.
Avvalroq Niderlandiyaning “DOMiNO Ventures” venchur fondi O‘zbekistondagi startaplarga sarmoya kiritish istagida egani ma’lum qilingandi.