“WhatsApp” messenjeri iOS uchun stiker muharririni qo‘shdi. Bu haqda kompaniya “Instagram"da ma’lum qildi.
Mazkur funksiya iOS’ning barcha versiyalarida mavjud bo‘ladimi yoki yo‘qligi hozircha aniq emas, biroq xorijiy OAV yangilanishni faqat iOS 17 foydalanuvchilari olishi haqida xabar berdi.
Tahrirlovchini ochish uchun xabar kiritish maydonidagi stiker belgisini va keyin esa plyus belgisini bosish va galereyadan rasmni tanlash kerak.
Algoritmlar avtomatik ravishda qaysi obyektni kesish kerakligini aniqlaydi (ba'zan ular bir nechta variantlarni taklif qiladi).
Tizimni foydalanuvchining o‘zi sozlay olmaydi. Agar foydaluvchi xohlasa, butun fotosuratni stiker sifatida ishlatishi mumkin.
Sakkizta shriftdan birini, qo‘lda chizilgan rasmni, smayliklarni va messenjerda saqlangan boshqa stikerni tanlab, yaratilgan stikerga matn qo‘shish mumkin.
Yuborilgandan so‘ng, stiker ro‘yxatdagi elementlar bilan to‘ldirilishi mumkin, ammo qo‘shilganlarni olib tashlash ishlamaydi.
O‘tgan yil avgust oyida “WhatsApp” sun’iy intellekt yordamida stikerlar yaratishni sinovdan o‘tkaza boshlagani haqida xabar berilgandi.
Bunda foydalanuvchi kerakli tavsifni kiritishi kerak, “WhatsApp” unga stikerlar uchun bir nechta variantni taklif qiladi.
Avvalroq “Spot” “WhatsApp” iOS foydalanuvchilari uchun yangi funksiyani qo‘shgani haqida yozgandi.
Foydalanuvchilar ilovada endi asl sifatni saqlab qolgan holda fotosuratlar va videolarni fayl sifatida yuborishi mumkin bo‘ladi.