O‘tgan yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalarning ishbilarmonlik faolligi sezilarli darajada pasaydi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi matbuot xizmati.
1-yanvar holatiga, mamlakatda xorijiy kapital ishtirokida 14 mingdan ortiq korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ulardan 9396tasi xorijiy kompaniyalar, qolganlari esa qo‘shma korxonalar hisoblanadi. 2022-yilga nisbatan ularning soni 11%dan ko‘proqqa kamaydi.
Rossiya xorijiy kompaniyalar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda qoldi. Biroq, o‘tgan yil davomida mamlakat korxonalari soni 3,5%ga kamayib, 3044tani tashkil etdi.
Xitoy Turkiyani ortda qoldirib, ikkinchi o‘rinni egalladi. 2023-yilda Xitoy kapitali ishtirokidagi kompaniyalar soni 9%ga oshib, 2337taga yetdi.
Bundan tashqari, Turkiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreya korxonalari O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligini sezilarli darajada pasaytirgan.
Masalan, Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar 14,6%ga (1883ta korxona), Qozog‘iston — 15,5%ga (1064ta), Janubiy Koreya — 20,9%ga (736ta) kamaygan.
O‘tgan yili pasayish dinamikasi boshqa mamlakatlar, jumladan, AQSh (-11,6%), Qirg‘iziston (-12,9%), Ozarbayjon (-11%) va Tojikiston (-8,9%) o‘rtasida kuzatilgan.
Avvalroq Qoraqalpog‘istonga $2 mlrddan ortiq xorijiy sarmoya jalb etish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.