Avvalroq farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilingandi.
Hujjat bilan, farmatsevtika sohasida yangi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun $600 mlngacha mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.
“Asakabank"ga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan $100 mln miqdoridagi kredit liniyasi yillik 5% stavkada 10 yilgacha, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan ajratiladi.
Mablag‘lar xorijiy texnologiyalarni jalb qilish, innovatsion dori vositalari, tibbiyot buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, joriy yil oxirigacha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va “Asakabank” xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlaridan $500 mln miqdorida kredit liniyalarini jalb etadi.
Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda “Asakabank” tomonidan jalb qilinadigan kredit mablag‘larini farmatsevtika yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiradi.
Bundan tashqari, Investisiyalar, savdo-sanoat vazirligi hamda Toshkent, Jizzax, Namangan va Andijon viloyatlari hokimliklari ikki oy muddatda farmatsevtikaga ixtisoslashtirilgan maxsus iqtisodiy zonalardagi yer maydonlarini inventarizatsiyadan o‘tkazadi.
Oktabr oyida mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini kafolatli xarid qilish muddati uzaytirildi. 2024-yildan bu turdagi mahsulotlarini 10 yilgacha muddatga sotib olish mumkin.
Noyabr oyida farmatsevtika sanoatida $1,5 mlrdlik 173ta loyiha shakllantirilib, ularni moliyalashtirishga $600 mln yo‘naltirilishi ma’lum qilingandi. Natijada 2024-yilda $400 mlnlik mahsulot ishlab chiqarilib, $160 mlnlik eksport ta’minlanishi kutilmoqda.
2023-yilda farmatsevti sanoatida $87 mlnlik 57ta korxona ishga tushdi. Shunga qaramay ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan to‘ldirish 18%ga ham yetmaydi.