Ispaniyaning “Santander” banki O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishi mumkin. Bu haqda “Dunyo” nashri xabar berdi.
O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasida bankning mintaqaviy menejeri David Plaza bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Ispaniya tomoni O‘zbekiston bank xizmatlari bozoriga kirish hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish masalalariga qiziqish bildirdi.
Xususan, mazkur loyihalarni moliyalashtirishga “Santender” banki O‘zbekistonga $500 mln miqdorida kredit mablag‘larini ajratishga tayyorligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyati Ispaniya bankining vakolatxonasini ochishni tezlashtirish omili bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Markaziy bank Qozog‘istonning “Yevroosiyo Banki"ga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya bergandi.