“Volkswagen” o‘z avtomobillarini OpenAI sun’iy intellektiga ega chat-bot bilan jihozlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
“Volkswagen"ning texnologik hamkori “Cerence” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “ChatGPT” asosidagi “IDA” ovozli yordamchisi bort multimedia tizimiga integratsiya qilinadi.
“IDA” axborot-ko‘ngilochar tizim, navigatsiya va konditsionerni boshqarish yoki umumiy savollarga javob olish uchun ishlatilishi mumkin.
Ovozli yordamchi avtomatik ravishda buyruqlar bajarilishini birinchi o‘ringa qo‘yadi va agar “Volkswagen” multimedia tizimi so‘rovga avtonom javob bera olmasa, anonimlashtirilgan buyruq “OpenAI"ga yuboriladi va u yerda qayta ishlanadi.
Xabar qilinishicha, “ChatGPT” transport vositasi yoki uning egasi haqidagi hech qanday ma’lumotlarga kira olmaydi va ma’lumotlarni himoya qilishning eng yuqori darajasini ta’minlash uchun savollar va javoblar ishlov berilgandan so‘ng darhol o‘chirib tashlanadi.
“IDA” ovozli yordamchisiga ega multimediya ID.7, ID.4, ID.5, ID.3 elektromobillari, “Tiguan” krossoveri, Passat vagon va yangilangan Golf modeli uchun 2024-yilning ikkinchi choragidan boshlab taqdim etiladi.
“Volkswagen” avtomobillari bozorda standart uskuna sifatida “ChatGPT"ga ega bo‘lgan birinchi ishlab chiqarilgan avtomobillar bo‘ladi.
Avvalroq “Spot” “Mercedes-Benz” yangi ovozli yordamchisini taqdim etgani haqida yozgandi.
Ovozli yordamchi haydovchi va foydalanuvchilar bilan muloqotga kirishadi hamda maslahatlar beradi.