Fuqarolarga yoshga doir pensiya tayinlash uchun onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratilgan.

Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish mumkin hamda buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Buning uchun Yagona portalga kirib, qidiruv tizimiga “Pensiya tayinlash uchun ariza berish” kalit so‘zlarini kiritish kerak.

Natijalar chiqqach, kerakli sahifaga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va ariza jo‘natish bosqichiga o‘tiladi.

Bunda arizachi haqida ma’lumotlar shakllanadi hamda kerakli ustunlarni to‘ldirish zarur bo‘ladi.

Ma’lumotlar kiritilayotganda pensiya turini ham tanlash kerak, ya’ni yoshga doir, nogironlik hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash uchun so‘rovnoma jo‘natish mumkin.

Oxirgi qadamda “yuborish” tugmasini bosish bilan ariza berish jarayoni yakunlanadi va ariza qabul qilinadi.

Bunda arizalar Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun “Pensiya” dasturiy majmuasiga yuboriladi.

Dasturiy majmua axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa ma’lumotlariga asosan pensiya tayinlash uchun qonunchilikda belgilangan tartib va me’yorlarga muvofiq hisoblaydi va tayinlaydi.

Arizachiga pensiya tayinlanganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma sabablari ko‘rsatilgan holda shaxsiy kabinetga yuboriladi.

Xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin.


Avvalroq “Spot” raqamni saqlagan holda mobil kompaniyani qanday o‘zgartirish mumkinligi haqida qo‘llanmani taqdim etgandi.