Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) joriy narxlarda 1,06 kvadrln so‘mni tashkil etdi.
Natijada, ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 6%ga o‘sgan. Iqtisodiy o‘sishga eng katta hissa xizmat ko‘rsatish sohasi (2,6%) va sanoat (1,5%) tomonidan qo‘shildi. Keyingi o‘rinlarda qishloq xo‘jaligi (1%), mahsulotlarga sof soliqlar hajmi (0,5%) va qurilish (0,4%) turibdi.
Shuningdek, savdo, transport va IT sohalari eng faol darajada, 10%dan ortiqqa o‘sgan. Eng past o‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (4,1%) kuzatildi.
O‘tgan yil oxirida valyuta kursi bo‘yicha AQSh dollarida hisoblanganda, nominal YaIM $86,09 mlrdni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan $5,7 mlrdga oshgan, O‘sha paytda bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan $11,18 mlrd o‘sish bilan $80,4 mlrdni tashkil etgandi.
Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 28,98 mln so‘mni ($2 339) tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 16,3%ga oshdi, 2021-yilda 5%dan ortiq o‘sishdan keyin esa 2022-yilda 3,5%ga oshgandi.
Dekabr oyi oxirida XVJ O‘zbekistonning o‘tgan yilgi iqtisodiy o‘sishi bo‘yicha taxminlarni 5,5%dan 5,7%ga oshirgandi. Bunga, xususan, budjet xarajatlarining ko‘payishi, ish haqi va eksportning yuqori o‘sishi yordam berdi.
Avvalroq 2023-yilda inflyatsiya, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yangi minimal darajaga yetgani haqida xabar berilgandi.