Avvalroq “Paxtakor futbol klubi"ning 100% davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha ommaviy savdo jarayonlari boshlangani haqida xabar berilgandi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi savdo jarayonlari vaqtinchalik to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Agentlikning qayd etishicha, bu qarorga o‘tgan davr mobaynida jamoatchilik tomonidan bildirilgan fikrlarni o‘rgangan holda kelingan.

Aktivni sotib olishda xaridorlar futbol klubining faoliyatini saqlab qolishi, rivojlantirish va xalqaro darajaga olib chiqishi belgilangandi.

Shuningdek, klub balansidagi barcha sport obyektlaridan, futbol maydonidan faqat sport faoliyatida foydalanish, “Paxtakor” futbol klubi akademiyasi faoliyatini saqlab qolish hamda rivojlantirish talabi mavjud.

Avvalroq prezident 20 trln so‘m daromad keltiruvchi xususiylashtirish dasturini ishlab chiqishni topshirgandi.