Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi fuqarolarning pensiyaga oid murojaatlarini telefon orqali qabul qila boshladi. Bu haqda jamg‘arma matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda aholi 12−71 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, pensiyaga oid savollariga mutaxassislardan javob olishlari yoki murojaatlarini qoldirishlari mumkin.
Bundan tashqari, Pensiya jamg‘armasi kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam va boshqa nafaqalarni tayinlash va to‘lash Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazilib, faoliyati davom ettirilayotganini ham xabar qildi.
Ushbu masalalar bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari uchun 11−40 qisqa raqami faoliyatini davom ettirmoqda.
Avvalroq “Spot” pensiya tayinlash uchun arizani qanday onlayn jo‘natish mumkinligi haqida qo‘llanmani taqdim etgandi. Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi.