2023-yilda O‘zbekistonda ko‘chmas mulk savdosi 5,7%ga oshdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida qayd etilgan.
Yil davomida 272,4 mingta uy-joy sotildi, bu 2022-yilgi 257 mingta shartnomalarning umumiy ko‘rsatkichlaridan oshdi.
Ko‘chmas mulk sohasida faollik yil davomida eng Qashqadaryo viloyati (17,1%) va Qoraqalpog‘istonda (16,8%) ko‘p o‘sdi . Shu bilan birga, Toshkent shahrida uy-joy savdosi 2,7%ga kamaydi.
Ko‘chmas mulkni sotish hajmining o‘sishiga O‘zbekistonda ipoteka bozorining rivojlanishi yordam berdi, kredit berish hajmi yil davomida qariyb 17%ga o‘sib, banklar tomonidan aholiga 16,9 trln so‘m kreditlar berildi.
Toshkentda uy-joy ijarasi bozoridagi vaziyat
2023-yilda Toshkent shahrida o‘rtacha ijara narxi 10,2%ga pasaydi va har kvadrat metr uchun $9,2ni tashkil etdi. 2022-yilda bir kvadrat metr uchun poytaxtda ijara narxi 34,6%ga oshgan edi.
Poytaxtning barcha tumanlarida ijara narxining pasayishi kuzatildi.
O‘rtacha hisobda eng qimmat uy-joy ijarasi Shayxontohur ($11,8), Yakkasaroy ($10,8) va Mirobod ($11,4) tumanlarida qayd etildi.
Ijara narxlarining nisbatan pastligi Uchtepa ($7,9), Sergeli ($6,9) va Bektemir ($5,7) tumanlarida kuzatildi.
Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori
Ikkilamchi uy-joy bozorida narx parametrlari sezilarli darajada o‘zgardi. Yil davomida ikkilamchi bozor 17,5%ga o‘sdi.
Shu bilan birga, yilning birinchi yarmida o‘rtacha oylik o‘sish 1,8%ni, ikkinchisida esa 1%ni tashkil etdi.
Ikkilamchi bozor uchun ipoteka kreditlari bir yil davomida qariyb ikki barobarga oshdi va 7,1 trln so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan yilga nisbatan ikkilamchi bozorda uy-joy narxlarining eng katta o‘sishi Xorazm (30,1%), Toshkent (28,9%) va Buxoro viloyatlarida (24,5%) qayd etildi.
Ikkilamchi uy-joy narxlarining yuqoriligi poytaxtda — kvadrat metr uchun $1123, shuningdek, Samarqand viloyatida $714 va Toshkent viloyatida — $627 kuzatildi.
Shu bilan birga, arzonroq uy-joy narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasida — $314, Sirdaryo — $348 va Jizzax viloyatlarida — $380 viloyatlarida qayd etildi.