“Uzcard” to‘lov tizimida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Yagona umumrespublika protsessing markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 22-yanvar kuni soat 00:30dan 10:00gacha texnik va profilaktik ishlar olib borilishi qayd etilgan.

Shundan kelib chiqib, ATM, E-POS, POS-terminallarda aloqa ulanishida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Bundan tashqari, “Uzcard” infratuzilmasida xalqaro to‘lov tizimlari kartalariga hamda xorijda kobeyj kartalariga xizmat ko‘rsatilishida ham uzilishlar ehtimoli haqida ma’lum qilindi.

Dekabr oyida “Humo” to‘lov tizimida ham uzilishlar kuzatilgandi. To‘lov tizimi kartalaridan to‘lovlarni amalga oshirish va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish cheklangandi.