Bolgariyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar tibbiyot sohasidagi ishlarga taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ish turi — hamshira, tibbiyot muassasasida sanitariya ishlari. Nomzodlar 22−55 yosh oralig‘ida, rus tilini erkin muloqot darajasida bilishi hamda hamshiralik bo‘yicha kamida 1 yillik ish tajribasiga (tasqdiqlovchi hujjat bilan) ega bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, sudlanmagan, xorijga chiqish ta’qiqlanmagan, jismonan va ruhan sog‘lom hamda zararli odatlardan holi bo‘lish talab etiladi.

Ish haqi yo‘nalishiga qarab, quyidgaicha ajratiladi:

  • sanitariya — oyiga $510;
  • hamshiralik — oyiga $640.

Ish beruvchi kompaniya yotoqxona va transport xarajatlarini qoplab beradi. Agentlik xizmati, o‘qitish va ko‘niktirish uchun BHMning 10 baravari miqdoridagi hamda viza to‘lovi fuqaro hisobidan qoplanadi.

Sanitariya yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlar bu yerdan, hamshiralik bo‘yicha esa bu yerdan ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Har bir soha uchun ro‘yxatdan o‘tish 50 kishiga yetganda to‘xtatiladi. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq Qatar kompaniyasi o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarini ishga jalb qilishi haqida xabar berilgandi. Birinchi bosqichda 50 nafar shifokor va hamshira suhbat asosida qabul qilinadi. Keyinchalik ularning soni yana 20 nafarga oshiriladi.