23-yanvar kuni Toshkentning qaysi hududlarida elektr ta’minoti o‘chirilishi ma’lum qilindi.

Yunusobod tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, “Mingchinor”, “Registon”, “G‘ayrat”, “Adolat”, “Anorzor”, “Yunusobod”, “Shahriston” hamda “Billur” MFYlarning ayrim hududlaridagi iste’molchilar soat 10:00dan 17:00gacha tarmoqdan uziladi.

Bundan tashqari, Chilonzor tumani, “Olmazor” MFYning ayrim hududlarida soat 00:00:dan 06:00gacha elektr enegiyasi o‘chirilishi belgilangandi.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Avgust oyida Energetika vazirligi yuzaga kelayotgan uzilishlar bo‘yicha munosabat bildirgandi. Iyun oyida jami 34,8 mln kVt/soat majburiy cheklov kiritilgan bo‘lib, ko‘rsatkich iyul oyining o‘tgan 31 kuni mobaynida 175 mln kVt/soatni tashkil etgan.

Anomal issiq fonida O‘zbekistonda elektr iste’moli 2022-yilning yoz hamda 2023-yilning iyun oyidagi rekord ko‘rsatkichlarni yangiladi. 26-iyulda mamlakat bo‘yicha elektr iste’moli 250,7 mln kVt/soatni tashkil etib, o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 5,8% oshgan.