Rossiyaning “Red Wings” aviakompaniyasi Qozon-Namangan-Qozon yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.

Shaharlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar 12-fevralidan boshlanishi va 25-martigacha davom etishi rejalashtirilgan.

Parvozlar haftada bir marta dushanba kunlari SU95 rusumidagi samolyotlarda muntazam ravishda amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda “Red Wings” aviakompaniyasi O‘zbekistonga 12 yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirmoqda: Toshkentga to‘rtta reys, Buxoroga uchta reys, Samarqand va Urganchga ikkita reys.


Avvalroq “Spot” Ispaniyaning “World2Fly” aviakompaniyasi Urganch va Toshkentga charter reyslarini yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.

Parvozlar ikki bosqichda — birinchisi 8-maydan 12-iyungacha, ikkinchisi 4-sentabrdan 30-oktabrgacha amalga oshiriladi.