Madridda Ispaniyadan O‘zbekistonga charter reyslarini yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan vebinar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Charter reyslari Madridni Urganch va Toshkent aeroportlari bilan bog‘laydi va “World2Meet” turoperatoriga tegishli “World2Fly” aviakompaniyasining Airbus 330−300 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Parvozlar ikki bosqichda — birinchisi 8-maydan 12-iyungacha, ikkinchisi 4-sentabrdan 30-oktabrgacha amalga oshiriladi.
“Kannak” sayyohlik kompaniyasi direktori Karlos Florido charter reyslar doirasida kompaniya O‘zbekistonga sayyohlik yo‘nalishini ishlab chiqqanini ta’kidladi.
Uning o‘ziga xosligi shundaki, u chiziqli, ya’ni Urganchda boshlanib, Toshkentda tugaydi yoki aksincha.
Bir hafta davomida yo‘nalish O‘zbekiston hududi va to‘rtta shahar — Xiva, Buxoro, Samarqand va Toshkent bo‘ylab ming kilometrga yaqin masofani bosib o‘tadi. Respublika bo‘ylab sayohat avtobuslarda amalga oshiriladi.
Avvalroq “Spot” “Centrum Air” Toshkentdan Goaga charter reyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.
Hindiston kurortiga birinchi reys dekabr oyi boshida amalga oshirilishi rejalashtirilgandi.