Buyuk Britaniyaning University College London universiteti Global Magistratura (Global Masters Scholarship) stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda butun dunyodan nomzodlar magistratura darajasi uchun ariza jo‘natishlari mumkin. Dastur daromadi past bo‘lgan xalqaro talabalarga to‘liq ravishda magistraturada o‘qish imkonini berish va rag‘batlantirishga qaratilgan.

Nomzodlar quyidagi barcha mezonlarga javob berishi kerak:

  • chet elda to‘lov stavkasini to‘lash huquqiga ega bo‘lishi;
  • kelib chiqishi pastroq daromadli oiladan bo‘lishi;
  • 2024−2025 o‘quv yili uchun UCLning kunduzgi magistratura bosqichiga ariza topshirgan bo‘lishi.

Ariza berish jarayonida yuqori akademik daraja va baholar haqida ma’lumot berish kerak. Bunda baholarni Buyuk Britaniya ekvivalentiga o‘girib ko‘rsatish zarur. Oilaviy daromadni qanday aniqlash bo‘yicha yo‘riqnomani dastur sahifasidan topish mumkin.

Masofaviy ta’lim imkoniyatlari mavjud emas hamda talabalar UCLda shaxsan borib o‘qishlari kerak. Kuzgi semestr uchun 85ta grant ajratiladi.

Qabul qilinganlarga 15 ming funt sterling ($19 ming) miqdorida stipendiya ajratiladi. Mazkur mablag‘lar birinchi navbatda talabaning o‘qish to‘loviga yo‘naltiriladi, qolgan qismi esa o‘quv yili davomida ta’minot uchun uch qism bo‘lib to‘lanadi.

Bundan tashqari, dastur ikki yil davom etmasa, stipendiya faqat bir yilga beriladi. Bunday vaziyatda yuqoridagi summaning 50%i ajratiladi.

“UCL Global Masters” stipendiyasi boshqa stipendiyalar va mukofotlar bilan bir qatorda o‘tkazilishi mumkin. UCL mukofotining miqdori talaba tomonidan olingan boshqa mablag‘larning umumiy qiymatiga qarab belgilanadi.

Grant oluvchilar stipendiya topshirilgungacha yoki undan keyin UCL magistrlik darajasini olishga beriladigan har qanday boshqa mablag‘lar to‘g‘risida UCL Talabalarni moliyalashtirish idorasini xabardor qilishi shart

Arizalarni joriy yilning 7-mayigacha havola orqali jo‘natish mumkin.

Natijalar iyun oyi oxirigacha ma’lum qilinadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Foydali havolalar:


Avvalroq “Turkiye Burslari” grant dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.