“Uzbekistan Airports” o‘z mobil ilovasini ishga tushirdi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Endi foydalanuvchilar samolyotlarning uchib kelish va uchib ketishi vaqtlari haqida ma’lumotlarni “UzAirports” mobil ilovasi orqali olishlari mumkin. Shuningdek, parvozlar jadvalidagi kechikishlar yoki o‘zgarishlar haqida tezkor ma’lumotlar berib boriladi.
Hozir 24/7 rejimida ishlovchi asosiy parvozlar jadvali funksiyasi ishga tushirilgan. Ilovaning funksional qismi bosqichma-bosqich kengaytirilishi hamda qo‘shimcha xizmatlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, mobil ilova yordamida “Fast track” xizmati, “CIP” va “Anor” hududidagi xizmatlar, mehmonxona bron qilish, “Car sharing” va aeroport hududidagi boshqa xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
“UzAirports” mobil ilovasini iOS (12.0 va undan keyingi versiyalar) uchun “App Store” do‘konida, “Android” uchun esa (5.0 va undan keyingi versiyalari) “Google Play“da yuklab olish mumkin.
Avvalroq kompaniya parvoz kechiktirilganda yo‘lovchilarga qanday bepul xizmatlar ko‘rsatilishi haqida ma’lumot berib, parvozlar kechiktirilganda amalga oshirish zarur bo‘lgan tavsiyalarni taqdim etgandi.