Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2023-yilning to‘rtinchi choragi uchun “Banklar faollik indeksi” hisoblandi va unga asosan banklarning reytingi yangilandi. Bu haqda markaz “Spot"ga ma’lum qildi.

Mazkur indeks mamlakatdagi 28 ta tijorat banklari uchun, banklarning hajmiga qarab katta (17 ta) va kichik (11 ta) banklarga guruhlangan holda hisoblangan. Indeks 27 turdagi koeffitsiyentlarni guruhlash, taqqoslash va reytinglash asosida aniqlanadi.

Tahlil shuni ko‘rsatdiki, davlat ulushiga ega yirik banklar orasida “O‘zmilliybank”, xususiy banklardan “Trastbank” o‘z pozitsiyalarini bir vaqtning o‘zida to‘rtta punktga yaxshiladi.

Kichik banklar orasida “Octobank” birdaniga 3 punktga, “Garantbank” esa o‘z pozitsiyasini 1 punktga oshirgan bo‘lsa, “Madad invest bank” va “O‘zKDB bank” esa ikkitadan pozitsiyalarini yo‘qotgan.

Banklarning asosiy ko‘rsatkichlari

2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, mamlakat bank tizimining aktivlari 631,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 14% ga o‘sgan.

Majburiyatlar 13%ga oshib, 539 trln so‘mga, kreditlar qoldig‘i 22% o‘sib, 465,5 trln so‘mga yetgan.

Depozitlar qoldig‘i esa qariyb 230 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilgi 51%ga nisbatan 6%ga o‘sgan.

Yil davomida bank tizimidagi jami depozitlardagi xorijiy valyutadagi omonatlarning ulushi 10%ga — 42,5%dan 31,8%gacha kamaygan.

Qaysi banklar yetakchi

Yirik banklar reytingida “Trastbank” ikkinchi o‘rinni egallab, bir vaqtning o‘zida 4 indeks -moliyaviy vositachilik va mavjudlik, boshqaruv sifati va likvidlik bo‘yicha ko‘rsatkichlari yuqoriladi.

banklar reytingi

To‘rtinchi chorak yakunlariga ko‘ra, uchta yirik xususiy bank bir pog‘onaga ko‘tarilish imkoniyatiga ega bo‘ldi bular — “Infinbank”, “Aloqabank” va “Ipotekabank”.

"Kapitalbank", “Hamkorbank”, “Orient Finans bank”, “Mikrokreditbank”, “Agrobank”, “Turonbank” va “Asakabank” tijorat banklari umumiy reytingda o‘z o‘rinlarini saqlab qoldilar.

Daromadlilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha — “Asakabank” yana eng quyi o‘rinni saqlab qoldi va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha — “Mikrokreditbank” 11-o‘rinni, “Agrobank” 12-o‘rinni, “O‘zsanoatqurilishbank” 14-o‘rinni va “Turonbank” 16-o‘rinni egalladi.

Kichik banklar reytingida “Davrbank” yetakchilikni saqlab qoldi, “Ziraat bank” esa 2 pog‘onaga ko‘tarilib, reytingda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. “Universalbank” va “TBC Bank” esa uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallashgan.

banklar reytingi

Bundan tashqari, “Octobank” birdaniga 3 punktga, “Garantbank” esa o‘z pozitsiyasini 1 punktga oshirgan bo‘lsa, “Madad invest bank” va “O‘zKDB bank” esa ikkitadan punkt yo‘qotdi.

Shuningdek, moliyaviy vositachilik bo‘yicha yirik banklar orasida “Biznesni rivojlantirish banki” (-3 pog‘ona) va kichik banklar orasida “Ziraat bank” (-5 pog‘ona) ko‘rsatkichlari pasaygan.

Kapitalning yetarlilik indeksi bo‘yicha 12 ta bank o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshiladi. Ular orasida eng yuqori faollikni “Kapitalbank” va “Aloqabank” 3 va 4 pog‘onani, kichik banklar orasida esa “Octobank” 3 punktni egallagan.

Yirik banklardan “Trastbank”, “Asia Alliance bank” (-3 pog‘ona) va “Biznesni rivojlantirish banki” (-2 pog‘ona), kichik banklar orasida esa “Tenge bank"(-3 pog‘ona)da aktivlar sifati yomonlashgani kuzatilgan.

Likvidlik indeksi esa birdaniga 28 ta bankdan 10 tasi oshgan. Yirik kredit tashkilotlarida katta faollik “Kapitalbank"da, kichik kredit tashkilotlari orasida esa “Octobank"da bo‘ldi.


Avvalroq Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2023-yilning uchinchi choragi uchun “Banklar faollik indeksi” e’lon qilingandi.