24-yanvardan boshlab “Somon Air” aviakompaniyasi Dushanbedan Toshkentga qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda “Asia-Plus” nashri xabar berdi.
Endilikda Toshkentga parvozlar haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Barcha reyslar Boeing 737−800 va Boeing 737−900 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, 22-yanvardan boshlab “Somon Air” aviakompaniyasi Dushanbedan Olmaotaga haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va shanba kunlari parvoz qiladi.
Avvalroq “Spot” “Red Wings” Qozon-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar bergandi.
12-fevraldan boshlanadigan muntazam parvozlar haftada bir marta — dushanba kunlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, Ispaniyaning “World2Fly” aviakompaniyasi Urganch va Toshkentga charter reyslarini yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi.
Parvozlar ikki bosqichda — birinchisi 8-maydan 12-iyungacha, ikkinchisi 4-sentabrdan 30-oktabrgacha amalga oshiriladi.