“Google” “Chrome” brauzeri uchun yangi sun’iy intellekt xususiyatlarini, shu jumladan yorliqlarni avtomatik ravishda guruhlash va noyob mavzularni yaratish qobiliyatini e’lon qildi.

Kelajakda brauzer foydalanuvchilarga saytlarning matn maydonlarida matn yozishda ham yordam beradi.

“Tab Organizer” funksiyasi yangiliklar yoki onlayn xaridlar kabi o‘xshash yorliqlarni avtomatik ravishda guruhlash imkonini beradi. U sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosish orqali faollashtiriladi.

Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, bu navigatsiyani soddalashtiradi va ularni boshqarishga emas, balki yorliqlarning mazmuniga e’tibor qaratish imkonini beradi.

Sun’iy intellekt xususiyatlariga ega Chrome Theme Store’ning yangilanishi rang sxemasi, uslub yoki tasvirni tanlashda yordam beradi, uning asosida neyron tarmoq brauzer uchun noyob mavzu yaratadi.

Fevral oyida brauzerga qo‘shilishi rejalashtirilgan “Help Me Write” funksiyasi foydalanuvchilarga saytlarda mavjud bo‘lgan har qanday maydonlarda matn yozishda yordam beradi.

Buning uchun istalgan matn maydoniga sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosib, funksiyani tanlash kifoya.

Shuningdek, “Help Me Write” foydalanuvchiga elektron pochta xabarlari, taklifnomalarga javoblar va onlayn xaridlar sharhlarini yozishda yordam beradi.


Avvalroq “Spot” “Google” “Chrome” brauzeri matnni o‘qib berish funksiyasiga ega bo‘lgani haqida yozgandi.

Qayd etilishcha, funksiya deyarli har qanday veb-saytda ishlaydi va rus tilini qo‘llab-quvvatlaydi.