O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasidagi mehnat bozori barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda. Bu haqda hh.uz tahlillarida keltirilgan (“Spot"da mavjud).
2023-yilda platformaga IT-sohasiga oid 10 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari joylashtirildi. Bu malakali mutaxassislarga talab yuqori ekanligini ko‘rsatadi, deydi platforma tahlilchilari.
Ishlab chiquvchilar va dasturchilar sanoatda eng ko‘p talabga ega bo‘lib qolmoqda. Ular e’lon qilingan takliflarning 31%ini tashkil etadi. Bundan tashqari, qoida tariqasida, taklif qilingan ish haqi bo‘yicha ham yetakchilik qilishadi.
Bo‘sh ish o‘rinlari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni kompyuter dizaynerlari va rassomlar (12%), uchinchi o‘rinni texnik qo‘llab-quvvatlash mutaxassislari (7%) egallagan.
Shuningdek, keyingi o‘rinlarda IT-tahlilchilar, loyiha menejerlari, tizim ma’murlari, testerlar va axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar turibdi.
Dasturchilardan keyingi eng yuqori daromad oluvchilar qatorida data-tahlilchilar (Data Scientists) va dizaynerlar mavjud. huningdek, ishlab chiqish guruhi rahbarlari va loyiha menejerlari ham yuqori maoshga ega.
IT-mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlarining 81%ida ta’lim talablari keltirilmagan. Faqat 16% hollardagina OTM diplomi, 3% holatda esa o‘rta kasb-hunar ta’limi talab qilinadi.
Korxonalar ishga qabul qilishda tajriba va muvaffaqiyatli loyihalar portfelini eng muhim omillar deb bilishadi. Yangi boshlovchi mutaxassislar uchun IT hamjamiyatiga kirishda asosiy e’tibor loyihalar va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Avvalroq O‘zbekistonning har bir tumanida “IT-Village” tashkil etilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.