Toshkentda kanatli jamoat transporti yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
23-yanvar kuni Xitoyning Shenchjen shahrida Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umrzoqov boshchiligidagi delegatsiya “Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha “Toshkent invest kompaniyasi” va Xitoy kompaniyasi o‘rtasida investitsiya shartnomasi imzolandi.
Loyiha yer usti transportini kanatli taksilar bilan dublyor takrorlashga qaratilgan bo‘lib, jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi rejalashtirilgan, ularning tavsiyalari va takliflari loyiha ofisiga yuboriladi.
Kompaniya, o‘z navbatida, uning amalga oshirilishini va operatsion boshqaruvini ta’minlaydi.
“Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd” kompaniyasi o‘rtasidagi qo‘shma korxona bo‘lib, kanat yo‘llari, istirohat bog‘lari, mashinasozlik va yoritish uskunalari sohasida jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi.