“X” ijtimoiy tarmog‘i (avvalgi Twitter) “Apple” qurilmalari foydalanuvchilariga profillarga parolsiz kirishga yordam beradigan yangi funksiyani qo‘shdi. Bu haqda “3DNews” nashri xabar berdi.
Foydalanuvchilar parolsiz autentifikatsiya tizimi (passkey) tufayli barmoq izi, yuzni skanerlash yoki PIN-kod yordamida tizimga kirish mumkin.
Biroq hozirda mazkur funksiyadan AQShlik iOS foydalanuvchilari kirish usuli sifatida foydalanishlari mumkin.
“X” ilgari premium foydalanuvchilar uchun ikki faktorli autentifikatsiyani pullik xizmatga aylantirgan.
Ba’zi foydalanuvchilarga ushbu xususiyatning yetishmasligini qoplash uchun kompaniya “passkey” orqali kirish imkoniyatini qo‘shishga qaror qildi.
Yangi funksiyadan foydalanish uchun “X” ilovasini so‘nggi versiyasiga yangilash kerak bo‘ladi.
“Passkey” standarti hozirda texnologiya kompaniyalari orasida faol ishlab chiqilmoqda va oddiy parollarga qaraganda ancha xavfsizroq hisoblanadi. Ilgari “Amazon” onlayn-do‘kon veb-sayti va mobil ilovasida avtorizatsiya uchun kalitni qo‘shdi.
Shuningdek, “Google” foydalanuvchilarga standart parollarsiz autentifikatsiyani o‘rnatishni taklif qila boshladi.
Avvalroq “Spot” “Yandex” xizmatlariga rasm yordamida parolsiz kirish imkoniyati paydo bo‘lgani haqida yozgandi.
Foydalanuvchilar undan bir martalik kod yoki QR-kod yordamida tizimga kirish o‘rniga foydalanishi mumkin.