“Samsung” qondagi qand miqdorini terini teshmasdan tahlil qiluvchi sensorni ishlab chiqmoqda, deya xabar berdi “Bloomberg” kompaniya mobil sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari Xong Pakga tayanib.

Qayd etilishicha, “Samsung” ushbu g‘oyani amalga oshirish uchun turli xil texnologik platformalarni ko‘rib chiqmoqda.

“Agar biz qon bosimi va glyukoza darajasini doimiy ravishda o‘lchay olsak, biz butunlay boshqacha o‘yinda bo‘lamiz. Aynan shu narsaga barcha kompaniyalar erishmoqchi. Biz ushbu texnologiyalarga katta sarmoya kiritmoqdamiz”, — dedi Pak.

Yangi sensorlarning paydo bo‘lish vaqti e’lon qilinmadi, biroq qurilma bozorda besh yil ichida paydo bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Bundan tashqari, Xon Pak foydalanuvchilar kundalik faoliyatdan chalg‘itmaydigan va salomatlik ko‘rsatkichlarini tahlil qila oladigan aqlli qurilmaga ega bo‘lishni xohlayotganini ta’kidladi.

Taxminlarga ko‘ra, kompaniya klassik “Galaxy Watch” aqlli soatlaridan tashqari, joriy yilda chiqarilishi kerak bo‘lgan e’lon qilingan “Galaxy Ring” aqlli uzuklarida ham mazkur xususiyatdan foydalanishi mumkin.

Bundan tashqari, “Samsung” simsiz naushniklarida tana harorati va yurak urish tezligini o‘lchash funksiyalarini amalga oshirish niyatida, chunki quloqlar bilaklarga qaraganda yurakka yaqinroq.

Soatlar va naushniklardan ma’lumotlarni yig‘ish va ularni birgalikda tahlil qilish o‘lchovlarning aniqligini oshiradi. Ushbu yechimlarning seriyali mahsulotlarda paydo bo‘lish vaqti e’lon qilinmagan.


Avvalroq “Spot” “Samsung” birinchi shaffof microLED displeyni taqdim etgani haqida yozgandi.

Kompaniya hozircha yangi displey modelining texnik xususiyatlari va narxini oshkor qilmadi.