Soliq qo‘mitasi kuzatilgan uzilishlardan so‘ng “Soliq” mobil ilovasining faoliyatini qayta tikladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati “Spot"ga ma’lum qildi.
Juma kuni qo‘mitaning ma’lumotlarni qayta ishlash markazida yuklamaning ortishi sababli “Soliq” mobil ilovasida uzilishlar kuzatilgani haqida xabar berdi.
Mutaxassislar yuklamani barqarorlashtirish va mobil ilova funksiyalarining uzlusiz ishlashini ta’minlash ustida ish olib bordi.
Hozir “Soliq” mobil ilovasi faoliyati qayta tiklandi, biroq unga kirishda uzilishlar bo‘lishi mumkin.
Soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining “Spot” izoh berishicha, yuklamaning ortishi qo‘mita serverlari tomonidan qayta ishlanadigan cheklar va operatsiyalar sonining ortishi bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, har oyning 25−26 sanalarida naqd pul hisoblab chiqilib, foydalanuvchilarga to‘lab beriladi, bu esa avtomatik ravishda yuklamaning ortishiga olib keladi.
Bahor fasli oxirigacha soliq xizmati texnik imkoniyatlarning yetishmasligini qoplash uchun qo‘shimcha uskunalar qabul qilishni kutmoqda.
Avvalroq Soliq qo‘mitasi keshbek cheklovlari iste’molchilarning 98%iga ta’sir qilmasligi haqida xabar bergandi.