Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy qilinadi

Prezident topshirig‘i asosida qabul qilingan qaror bilan mamlakatda “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” joriy etiladi.

Reyting qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutadi. Tadbirkorlar quyidagi toifalarga ajratiladi:

  • “AAA”, “AA” va “A” toifalar — yuqori barqarorlik reytingi;
  • “VVV”, “VV” va “V” toifalar — o‘rta barqarorlik reytingi;
  • “CCC”, “CC” va “C” toifalar — qoniqarli barqarorlik reytingi;
  • “D” toifa — quyi barqarorlik reytingi.


Reyting Soliq qo‘mitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik shakllantiriladi. Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida esa e’lon qilib boriladi.

Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlar har yili 20 avgust — Tadbirkorlar kuni arafasida taqdirlash uchun davlat mukofotlari hamda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoniga tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlar faoliyatida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi. Shuningdek, QQS summasi o‘rnini qoplash bir kunda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi.

“A” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlarga soliqlar bo‘yicha (QQS bundan mustasno) mavjud ortiqcha to‘lov summasini qaytarish 3 kunda amalga oshiriladi. Tovarlarni (xizmatlarni) import va realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.

2024-yilning 1-aprelidan tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda joriy etiladi.


Elektrotexnika mahsulotlarini import qilishda rasmiy vakil bo‘lishi talab etiladi

Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilingan.

Hujjat bilan, O‘zbekistonga elektortexnika mahsulotlarini olib kirishda ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlari mavjud bo‘lishi talab qilinadi.

Quyida mahsulotlar ro‘yxati keltirilgan:

  • alyumin radiatorlar;
  • suv isitish qozonlari;
  • suv isitkichlar;
  • bug‘ qozonlari;
  • changyutgich;
  • kir yuvish mashinasi;
  • sovutkichlar, muzlatkichlar;
  • televizor va monitor;
  • maishiy gaz pechi;
  • duxovka va pechka;
  • mikroto‘lqinli pech, dazmol, suv isitkich;
  • konditsioner;
  • suv nasoslari.

Bunda, rasmiy vakillarning servis xizmati bo‘lishi talab qilinadi hamda ular elektrotexnika mahsulotlarini mamlakatga olib kirishda ularning sifati, xavfsizligi hamda servis kafolatini ta’minlaydi.

Shuningdek, 1-fevralidan elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xomashyo va butlovchi qismlarni import qilishda, shu jumladan 120 kun kechiktirib to‘lashda quyida tartib joriy etiladi:

  • QQSni hisobga olish imkoniyatini beruvchi tizimda bir vaqtning o‘zida istalgan miqdorda bojxona yuk deklaratsiyasini yuborish;
  • import bo‘yicha QQSni birinchi navbatda soliq organlaridagi hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi hisobidan undirish;
  • ularning yetmagan qismi bo‘yicha undiruvni bojxona depozitidagi mablag‘larga qaratish.

BAA o‘zbekistonliklar uchun viza talablarini bekor qiladi

Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekiston fuqarolari uchun viza talablarini bekor qiladi.

Tomonlar o‘rtasida kirish viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risidagi hamkorlik protokolini imzolangan.

Hujjat 16-fevralidan kuchga kirib, endilikda o‘zbekistonliklar BAA hududida 30 kungacha vizasiz bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.


Xotin-qizlar kasanachilik va hunarmandchilik bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitiladi

Kasanachilik va hunarmandchilik yo‘nalishida yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar uchun kasb-hunarga o‘qitish kurslari tashkil etiladi.

Bunda ularga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish, takomillashtirish hamda uslubiy yordam berish maqsad qilingan. Kurslar ta’lim tashkilotlarida tajribali kasanachi va hunarmandlarni jalb etgan holda amalga oshiriladi.

Kasb-hunarga o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida moliyalashtiriladi.

Ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘qitilgan har bir bitiruvchi xotin-qiz uchun sarflangan o‘qitish xarajatlarining 70%i, biroq BHMning 5 barobaridan (1,7 mln so‘m) oshmagan qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.


Savdo belgilari va brendga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun jarimalar oshirilmoqda

17-fevraldan prezident imzolagan alkogol va tamaki mahsulotlari ulgurji savdosidagi ayrim qonunbuzarliklar uchun sanksiyalarni kuchaytiruvchi qonun kuchga kiradi.

Shuningdek, sanitariya qonunchiligini buzganlik uchun jarimalar oshirilib, veterinariya standartlariga rioya qilmaslik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning xavfsizligi normalarini, ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va tashish o‘tkazish talablarini buzganlik uchun javobgarlik joriy etiladi.

O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, geografik ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish jarimaga sabab bo‘ladi.

Va bunga qo‘shimcha ravishda huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilish nazarda tutilgan.


Suvni tejovchi texnologiyalar uchun kreditlar berishning elektron tizimi ishga tushiriladi

“Agrobank” tomonidan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha shaffof onlayn kredit ajratish imkonini beruvchi suvkredit.uz tizimi ishlab chiqilib, 1-fevralgacha to‘liq ishga tushirilishi belgilangan.

Mazkur tizimda quyidagi funksiyalar mavjud bo‘lishi inobatga olinadi:

  • kredit rasmiylashtirish jarayonining shaffofligi, ya’ni barcha bosqichlarni onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilishi;
  • kreditlar asosida joriy qilinadigan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari faqat ishchi loyihalar asosida qurilishi;
  • pudrat tashkilotlar tomonidan har bir loyiha bo‘yicha kamida 2 yillik kafolat muddati berilishi hamda 5 yil davomida servis xizmatlari ko‘rsatilishi;
  • kredit oluvchilar tomonidan pudrat tashkilotlarning faoliyatini baholab borish hamda reyting tizimi yuritilishi;
  • kredit oluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalaridan samarali foydalanishga o‘qitish orqali servis va konsultativ xizmatlar ko‘rsatilishi.

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun fermerlarga suvkredit.uz platformasi orqali 5 yil muddatga, shundan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14% stavkada kreditlar ajratiladi.


Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad solig‘i stavkalari oshirilmoqda

Soliq kodeksining 383-moddasiga kiritilgan o‘zgarishtirish bilan soliqni qat’iy belgilangan miqdorlarda to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkalari miqdori o‘zgartirildi.

1-fevraldan chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari o‘rtacha 10%ga oshiriladi. Yangi stavkalar quyida keltirilgan:

Faoliyat turlari
Bir oylik soliq stavkalari (so‘mda)
Toshkent shahri
Nukus va viloyat markazlari
boshqa shaharlar
boshqa aholi punktlari
Chakana savdo:
oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari
907 500 so‘m
726 ming so‘m
363 ming so‘m
242 ming so‘m
— dehqon bozorlarida dehqonchilik mahsulotlari
— gazetalar, jurnallar va kitoblar
— maishiy xizmatlar
— boshqa faoliyat turlari


302 500 so‘m


181 500 so‘m


121 ming so‘m


60 ming so‘m
Avtomobilda yuk tashish xizmatlari:
3 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun
181 500 so‘m
3 tonnadan ortiq yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun
275 ming so‘m

“Tashabbusli budjet"ning birinchi mavsumi boshlanadi

“Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yilgi ilk mavsumiga 1-fevraldan start beriladi.

Bunda loyihalarni kiritish 1−20-fevral kunlari amalga oshiriladi. Undan keyin, 21-fevraldan 11-martgacha loyihalarni saralash o‘tkaziladi.

Keyingi bosqich — ovoz berish jarayoni esa 12−31-mart sanalari davomida o‘tkaziladi.

Mazkur mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 3 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1,36 mlrd so‘mni tashkil etadi.


“Yashil energiya” axborot tizimi to‘liq ishga tushiriladi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida energiya ta’minotini tashkil etish sohasini tartibga solishga qaratilgan hukumat qarori qabul qilin.

Qarorga ko‘ra, Bojxona qo‘mitasi tomonidan 1-fevralgacha “Yashil energiya” axborot tizimi to‘liq funksional rejimida ishga tushirilishi belgilangan. Shuningdek, tizim Energetika vazirligiga o‘tkazilishi ta’minlanadi.

“Yashil energiya” axborot tizimining uzluksiz ishlashi va kiritilayotgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi doimiy nazorat qilinadi.

Quyidagilarga ruxsat beriladi:

  • qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini import qilishda bojxona to‘lovlarini 120 kun muddatga foizlar undirilmagan holda kechiktirib to‘lashga;
  • mazkur import qilish faoliyati bilan 3 yildan ortiq davr mobaynida shug‘ullanayotgan, bojxona to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarib kelgan tadbirkorlarga 6 oy muddatga bojxona to‘lovlarini ta’minlash qo‘llanilmagan holda, bojxona to‘lovlarini bo‘lib to‘lashga.

Bunda tadbirkorlar tomonidan oxirgi 3 yil davomida to‘langan bojxona to‘lovlarining miqdori to‘lov muddati uzaytiriladigan summaning 50%idan oshmaydigan miqdorini tashkil etishi lozim.


“Red Wings” Qozon-Namangan yo‘nalishida qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Rossiyaning “Red Wings” aviakompaniyasi Qozondan Namanganga muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi.

Shaharlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar 12-fevralidan boshlanishi va 25-martigacha davom etishi rejalashtirilgan.

Parvozlar haftada bir marta dushanba kunlari SU95 rusumidagi samolyotlarda muntazam ravishda amalga oshiriladi.